Videoretsept: shokoladli qaynatma kremli qumoq pirog
Masalliqlar:
-
Xamir uchun
-
250 gramm muzdek sariyog'
-
500 gramm un
-
120 gramm shakar upasi
-
1 choy qoshiq tuz
-
1 ta tuxum
-
50 gramm smetana
-
Krem uchun
-
500 millilitr sut
-
125 gramm sariyog'
-
70 gramm un
-
2 ta tuxum
-
150 gramm shakar
-
1 choy qoshiq qahva
-
100 gramm qora shokolad
-
Qizartirish uchun
-
2 ta tuxum sarig'i
-
15 millilitr sut
Yo’nalishlar
Uqalanib ketadigan xamirdan juda mazali qaynatilgan kremli pirog sizning eng sevimli shirinligingiz bo’lishiga ishonchimiz komil. Bu pirog juda oson tayyorlanadi va xatto yangi pazanda ham uni tayyorlay oladi. .
Tayyor taomning taxminiy narxi – 55 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
250 gramm muzdek sariyog' | |
500 gramm un | |
120 gramm shakar upasi | |
1 choy qoshiq tuz | |
1 ta tuxum | |
50 gramm smetana | |
Krem uchun |
|
500 millilitr sut | |
125 gramm sariyog' | |
70 gramm un | |
2 ta tuxum | |
150 gramm shakar | |
1 choy qoshiq qahva | |
100 gramm qora shokolad | |
Qizartirish uchun |
|
2 ta tuxum sarig'i | |
15 millilitr sut |
Krem tayyorlaymiz
Sutni idishga quyib qaynatamiz.
Boshqa idishda tuxum, shakar, un va qahvani yaxshilab aralashtiramiz.
Tuxumli aralashmaga issiq sutni 1/4 qismini qo’shamiz. Tez va yaxshilab aralashtiramiz.
Qolgan sutni qo’shib yana aralashtiramiz.
Hosil bo’lgan aralashmani yana tovaga quyib, gazga qo’yamiz.
Past olovda kremni pishiramiz, aralashtirishni to’xtatmaymiz. Krem qaynashi kerak emas. Ustida birinchi pufakchalar paydo bo’lishi bilan kastrulyani olovdan olamiz.
Issiq kremga sariyog’ va shokolad qo’shib blender yordamida aralashtiramiz.
Kremni chuqur idishga solib, usti qatib qolmasligi uchun plyonka bilan berkitamiz, va to’liq sovishi uchun sovutgichga qo’yamiz.
Xamir tayyorlaymiz
Chuqur idishga elangan un, tuz, shakar upasi va muzdek sariyog’ bo’laklarini solib, qo’l bilan kroshka holatiga keltiramiz.
Tuxum va smetana qo’shib, yumshoq qo’lga yopishmaydigan xamir qoramiz. Xamirni plyonkaga o’rab, 1 soatga sovutgichga qo’yamiz.
Xamirni 2 ga bo’lamiz. Bir qismini 5 millimetr qalinlikda yoyib, 22 sm diametrlik qolipga solamiz.
Chetlarini tuxum bilan surtib, ustiga kremni solamiz va tekkislaymiz.
Ikkinchi xamirni ham yupqa yoyib, pirogni ustini berkitamiz. Pirog chetlarini chimchilab berkitamiz, ortiqcha xamirni kesib tashlab, ustini sanchqi yordamida bir necha marta teshib, yuxum sarig’i surtamiz. Pichoq bilan naqshlar chizmamiz, xohishga kora.
190C gacha qizdirilgan pechga 20 daqiqaga pirogni qizarib pishguncha qo’yamiz.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
250 gramm muzdek sariyog' | |
500 gramm un | |
120 gramm shakar upasi | |
1 choy qoshiq tuz | |
1 ta tuxum | |
50 gramm smetana | |
Krem uchun |
|
500 millilitr sut | |
125 gramm sariyog' | |
70 gramm un | |
2 ta tuxum | |
150 gramm shakar | |
1 choy qoshiq qahva | |
100 gramm qora shokolad | |
Qizartirish uchun |
|
2 ta tuxum sarig'i | |
15 millilitr sut |