Videoretsept: Shokoladli fondan
Masalliqlar:
-
125 gramm qora shokolad
-
125 gramm sariyog'
-
125 gramm un
-
150 gramm shakar
-
2 ta tuxum
Yo’nalishlar
Fondan — bu ajoyib shirinlik bo’lib, bir qarashdayoq ishtahani qitiqlab yuborishi hech gap emas. Ko’pchilik uni tayyorlash qiyin deb o’ylashi mumkin, lekin bu aslo unday emas!
Pishirig’imizning ichi yumshoqroq chiqishini xohlasangiz uni kamroq pishiring. Bizning qolipchalar kichkinaligi sabab ularni 6 daqiqada pishirib oldik. Qolipingiz kattaroq bo’lsa, unda 8 daqiqa davomida pishiring.
Masalliqlar:
125 gramm qora shokolad | |
125 gramm sariyog' | |
125 gramm un | |
150 gramm shakar | |
2 ta tuxum |
Shokolad va sariyog'ni suv bug'ida eritib olamiz.
Chetga olammiz va ustidan shakarni solib erigunicha yaxshilab aralashtiramiz.
Unni solib aralashtiramiz, tuxumni ham bitta-bitta solamizda yaxshilab aralashtiramiz.
Qolipchalarga sariyog' surtamiz va ustidan un sepamiz, shunda pishirig'imizni qolipdan ajratish osonroq kechadi.
Qolipchalarga xamirni 2/3 taqsimda solamiz. 180 C darajada 6-8 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
125 gramm qora shokolad | |
125 gramm sariyog' | |
125 gramm un | |
150 gramm shakar | |
2 ta tuxum |