Videoretsept: sabzavotlar bilan pishirilgan tovuq oyoqchalari
Masalliqlar:
-
6 dona tovuq oyoqchalari
-
300 gramm pomidor cherry
-
300 gramm bulg'or qalampiri
-
100 gramm yangi yashil no'xat
-
200 gramm piyoz
-
2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
bir nechta shoxcha xohlagan ko'katlar
-
1 bosh sarimsoqpiyoz
-
2 osh qoshiq zaytun moyi
Yo’nalishlar
Sabzavotlar bilan pechda pishirilgan tovuq oyoqchalari juda mazali tushlik bo’la oladi.
Aytgancha, bu taom uchun siz sovutgichingizda mavjud sabzavotlarni ham, masalan, baqlajon, qovoqcha yoki oddiy pomidorlarni ham solib, yangicha ta’mlarga ega bo’lishingiz mumkin.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 45 000 soʻm sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
6 dona tovuq oyoqchalari | |
300 gramm pomidor cherry | |
300 gramm bulg'or qalampiri | |
100 gramm yangi yashil no'xat | |
200 gramm piyoz | |
2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
bir nechta shoxcha xohlagan ko'katlar | |
1 bosh sarimsoqpiyoz | |
2 osh qoshiq zaytun moyi |
Piyozni qalinroq yarim halqa shaklda, bulg'or qalampirini esa uzunchoq shaklda to'g'rab olamiz.
Tog'orachaga tovuq oyoqchalarini solamiz, tuz, murch, paprika sepib, zaytun yog'ini ham quyamiz. Aralashtirib, 15 daqiqa qoldiramiz.
Qolipni yog'lab, piyoz, bulg'or qalampiri va yashil no'xatni solamiz.
Ustidan tovuq oyoqchalari, pomidor va ko'katlarni terib, ozroq yog' ham qo'shamiz.
Ustini folga qog'oz bilan yopib 30 daqiqa, so'ng folgani olib tashlab, yana 15 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
6 dona tovuq oyoqchalari | |
300 gramm pomidor cherry | |
300 gramm bulg'or qalampiri | |
100 gramm yangi yashil no'xat | |
200 gramm piyoz | |
2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
bir nechta shoxcha xohlagan ko'katlar | |
1 bosh sarimsoqpiyoz | |
2 osh qoshiq zaytun moyi |
2 Sharhlar Hide Comments
Sayt judayam yaxshi tuzilgan. Qoyil. Endi bitta yaxshi marketolog topinglar. Saytni ommaga tanitishi uchun
Assalomu aleykum! Sizga yoqqanidan juda xursandmiz 🙂