Videoretsept: Quyultirilgan sut bilan pishirilgan ponchiklar
Masalliqlar:
-
380 gramm Maselkodan "Zayka" quyultirilgan suti
-
3 ta tuxum
-
500 gramm un
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
1 choy qoshiq qabartma
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Bunday ponchiklarni tayyorlashda oddiy masalliqlardan foydalaniladi, tayyorlash jarayoni ham juda oddiy bo’lib, natijada mayin va mazali yegulik bir pastda dasturxoningizda hozir bo’ladi!
Quyultirilgan sutda pishiriladigan ponchiklar tayyorlash retsepti shu darajada oddiyki, hatto buni endigina oshxonaga qadam qo’ygan havaskor pazandalar ham bemalol uddalay olishadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 12 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
380 gramm Maselkodan "Zayka" quyultirilgan suti | |
3 ta tuxum | |
500 gramm un | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
1 choy qoshiq qabartma | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Tog'orachaga quyultirilgan sut va tuxumlarni solamiz. Mikser yoki venchik yordamida aralashtirib olamiz. Ustidan vanil shakarini sepamiz.
Qabartma bilan unni oz-ozdan elab solamiz va xamir qorib olamiz. Xamir yumshoq va qo'lga biroz yopishuvchan bo'lib qoladi.
Muhim! Yopishqoqligi ketsin deb yana ortiqcha un qo'shish mumkin emas!
Xamirni yelim xaltaga solib, 30 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz. Agar siz ularni ertalabki nonushtaga tayyorlashni istasangiz, unda bemalol bir kecha sovutgichda qoldirishingiz mumkin.
Xamirlarni uzunchoq shaklda kesib, har birini yana kichik bo'laklarga bo'lib chiqamiz. Ulardan dumaloq sharchalar yasab olamiz. Ularning kattaligi yong'oqdan biroz kichikroq bo'lishi kerak(qovurish jarayonida ular yana kattalashadi).
Qozonga yog'ni solib, qizdirib olamiz. So'ng sharchalarni qizib turgan yog'ga solib, tinmasdan aralashtirib qovuramiz.
Bir marta solingan xamirlarni taxminan 2-3 daqiqa davomida qovurib olamiz.
Ortiqcha yog'idan xalos bo'lish uchun qovurilgan ponchiklarni qog'oz sochiq ustiga solamiz va issiqligida ustidan shakar upasi sepamiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida.
Masalliqlar:
380 gramm Maselkodan "Zayka" quyultirilgan suti | |
3 ta tuxum | |
500 gramm un | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
1 choy qoshiq qabartma | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |