Videoretsept: qovurilgan mantilar
Masalliqlar:
-
xamiriga
-
500 gramm un
-
230-250 millilitr suv
-
1 ta tuxum
-
asosiga
-
300 gramm mol yoki qo'y go'shti
-
100 gramm dumba yog'i
-
300 gramm piyoz
-
0,5 choy qoshiq zira va kashnich
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Sizga qovurilgan manti pishirishingizni maslahat beramiz. Ushbu mazali taom barchaga ma’qul kelishiga ishonchimiz komil.
Mantilar tayyorlanishini batafsil ko’rsatish uchun esa, tayyorlanish jarayonini videoga olganmiz.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
xamiriga |
|
500 gramm un | |
230-250 millilitr suv | |
1 ta tuxum | |
asosiga |
|
300 gramm mol yoki qo'y go'shti | |
100 gramm dumba yog'i | |
300 gramm piyoz | |
0,5 choy qoshiq zira va kashnich | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Katta idishga un solib, un o'rtasida chuqurcha hosil qilamiz.
Chuqurchaga suv, tuxum va tuz solamiz. Aralashtirib, xamir qoramiz.
Xamirni plyonkaga o'rab, xona haroratida 30 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
Asosiga barcha mahsulotlarni kichik to'rtburchak shaklida to'g'rab, ziravorlar qo'shib, aralashtiramiz.
Tingan xamirni 4 ta bo'lakka bo'lib, har bir bo'lakni kolbasaga o'xshatib olamiz va uni vazni 20-30 gramm keladigan bo'laklarga bo'lamiz.
Bo'laklarni yoyib, o'rtasiga 1-1,5 osh qoshiqdan qiyma solamiz va mantilar hosil qilamiz. Chetlari yaxshilab yopilganiga e'tibor bering, aks holda, qovurilayotganida ichidan suvi chiqib ketishi mumkin.
Mantiqasqonga o'simlik yog'ini suritib, mantilarni joylashtiramiz.
Mantilarni qaynab turgan suv bug'ida 25 daqiqa pishirib olamiz.
Tayyor mantilarni 20 daqiqa sovutamiz.
Masalliqlar:
xamiriga |
|
500 gramm un | |
230-250 millilitr suv | |
1 ta tuxum | |
asosiga |
|
300 gramm mol yoki qo'y go'shti | |
100 gramm dumba yog'i | |
300 gramm piyoz | |
0,5 choy qoshiq zira va kashnich | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |