fbpx
Videoretsept: qovoqli zebra

Videoretsept: qovoqli zebra

Masalliqlar:

  • Tvorogli qatlam

  • Qovoqli qatlam

  • Qolip uchun

Yo’nalishlar

Yorqin, mayin va haqiqatdan kuzgi tvorog va qovoqli zebra, hatto qovoqni yaxshi ko’rmaydiganlarga ham yoqishi aniq. Toblatma juda chiroyli bo’lib pishadi va dasturxoningiz bezagi bo’ladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Tvorogli qatlam
400 gramm 5-9 % li tvorog
100 gramm qaymoq yoki smetana
2 ta tuxum
60 gramm shakar
3 osh qoshiq un
1 choy qoshiq vanil shakari
Qovoqli qatlam
500 gramm qovoq pyuresi
2 ta tuxum
50 gramm shakar
3 osh qoshiq un
Qolip uchun
10 gramm yumshatilgan sariyog'
Qadam 1
Tugallandi

Idishda tvorog, tuxum va smetanani aralashtirib, shakar, vanil shakari va un qo’shamiz. Blender yordamida aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Boshqa idishda qovoq pyuresi, tuxum, shakar va unni birlashtiramiz. Blender yordamida aralashtiramiz.
Maslahat: qovoqdan pyureni tayyorlash juda oson - qovoqni 200C haroratda 50-60 daqiqa davomida yumshaguncha pechda pishiramiz va blender yordamida aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

23-25 sm diametrlik qolipga sariyog’ surtamiz. Birma-bir tvorogli va qovoqli massani 1 osh qoshiqdan solib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Zebrani 180C gacha qizdirilgan pechda 40-50 daqiqa davomida pishiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tayyor zebrani sovutib, xohishga ko’ra limon sedrasi bilan bezatib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soat
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Tvorogli qatlam
400 gramm 5-9 % li tvorog
100 gramm qaymoq yoki smetana
2 ta tuxum
60 gramm shakar
3 osh qoshiq un
1 choy qoshiq vanil shakari
Qovoqli qatlam
500 gramm qovoq pyuresi
2 ta tuxum
50 gramm shakar
3 osh qoshiq un
Qolip uchun
10 gramm yumshatilgan sariyog'
oldingi
Videoretsept: olot somsa
keyingi
Videoretsept: dolchinli pechenye

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.