fbpx
Videoretsept: qisqichbaqa tayoqchalaridan oson salat

Videoretsept: qisqichbaqa tayoqchalaridan oson salat

Masalliqlar:

  • Zapravka uchun

  • Bezak uchun

Yo’nalishlar

Atigi 2 ta masalliq va zapravkadan iborat oddiy, ammo mazali salat tayyorlash usulini sizga tavsiya qilamiz. Bodringning yaxna ta’mi  va biroz shirali qisqichbaqa ta’mi, hamda smetana va xantal asosidagi zapravka ajoyib uyg’unlik yaratadi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm qisqichbaqa tayoqchalari
180 gramm bodring
Zapravka uchun
120 gramm yogurt yoki smetana
1 choy qoshiq xantal donachalari
20 millilitr zaytun yog'i
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
Bezak uchun
10 gramm kunjut
Qadam 1
Tugallandi

Qisqichbaqa tayoqchalari va bodringni ingichka somoncha shkalida to’g’raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Zapravka uchun smetana, xantal va zaytun yog’ini birlashtiramiz. Tuz va qora murch qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Chuqur idishda qisqichbaqa tayoqchalari, bodring va zapravkani birlashtirib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Masalliqlar bir-biri bilan yaxshi birlashishi uchun 10 daqiqaga qoldiramiz, ustiga kunjut sepib dasturxonga sotamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 20 daqiqa
  • Portsiya 2
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm qisqichbaqa tayoqchalari
180 gramm bodring
Zapravka uchun
120 gramm yogurt yoki smetana
1 choy qoshiq xantal donachalari
20 millilitr zaytun yog'i
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
Bezak uchun
10 gramm kunjut
oldingi
Videoretsept: uyda tayyorlangan motsarella pishlog’i
keyingi
Videoretsept: mol go’shtilik mini-vellingtonlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.