Videoretsept: qaymoqli muzqaymoq
Masalliqlar:
-
600 millilitr 35 %li pasterizatsiya qilingan qaymoq
-
400 gramm "365 Everyday" quyultirilgan suti
-
150-200 gramm malina yoki boshqa rezavor mevalar
Yo’nalishlar
Mana bunday qaymoqli muzqaymoq tayyorlash juda ham oson — muzqaymoqqa mo’ljallangan idish ham, muntazam aralashtirib turish ham shart emas. 3 xil masalliq va natijasi sizga shubhasiz yoqadi.
Quyultirilgan sut va qaymoq bilan tayyorlaniladigan muzqaymoq uyda tayyorlash mumkin bo’lgan eng mazali muzqaymoqlardan biri hisoblanadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
600 millilitr 35 %li pasterizatsiya qilingan qaymoq | |
400 gramm "365 Everyday" quyultirilgan suti | |
150-200 gramm malina yoki boshqa rezavor mevalar |
Malina yoki boshqa rezavor mevalardan birini olib, blenderda maydalab olamiz.
Shisha idishga qaymoqni quyib, mikser yordamida yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Ko'pirtirishni to'xtatmay quyultirilgan sutni solamiz va 1-2 daqiqa davomida ko'pirtiramiz.
Konteyner yoki stakanchalarga muzqaymoq va malinali pyureni navbati bilan solib chiqamiz.
Sovutgichga 8-12 soatga yuboramiz.
Tayyor bo'lgan muzqaymoqlarni kremankalarga solib, dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida.
Masalliqlar:
600 millilitr 35 %li pasterizatsiya qilingan qaymoq | |
400 gramm "365 Everyday" quyultirilgan suti | |
150-200 gramm malina yoki boshqa rezavor mevalar |
1 Sharhlar Hide Comments
Гап йук, катта рахмат