Videoretsept: Qaymoqli kremdan mevali savatchalar
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
200 gramm yumshatilgan sariyog'
-
130 gramm shakar upasi
-
3 ta tuxum sarig'i
-
1 choy qoshiq qabartma
-
bir chimdim tuz
-
0.5 choy qoshiq vanil shakari
-
Kremiga:
-
400 millilitr yog'li qaymoq33-35 % li
-
60 gramm shakar upasi
-
10 gramm jelatin
-
yarim piyola olchali murabboyoki xohlagan murabbodan foydalanishingiz mumkin
-
bezatish uchun mevalar
Yo’nalishlar
Mazali va chiroyli savatchalarni o’z qo’lingiz bilan pishirishni xohlaysizmi? Unda bizning videolavhamizni tomosha qiling va siz ham pishirib ko’ring.
Mayin kremli bu savatchalarni tishlasangiz og’ingizda erib ketishi shubhasiz!
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
200 gramm yumshatilgan sariyog' | |
130 gramm shakar upasi | |
3 ta tuxum sarig'i | |
1 choy qoshiq qabartma | |
bir chimdim tuz | |
0.5 choy qoshiq vanil shakari | |
Kremiga: |
|
400 millilitr yog'li qaymoq | |
60 gramm shakar upasi | |
10 gramm jelatin | |
yarim piyola olchali murabbo | |
bezatish uchun mevalar |
Xona haroratida yumshatilgan sariyog'ni idishga solamiz, ustidan shakar upasini solib venchik yoki qoshiq bilan aralashtiramiz.
Ustidan tuz, qabartma, vanil shakari va tuxum sarig'ini solib aralashtiramiz.
Unni elab olamiz va yarmini idishga solib aralashtiramiz.
So'ng unni hammasini solamiz va stolga qo'yib, qo'l bilan tezda xamir qorib olamiz.
Xamir o'rtacha yumshoqlikda, qo'lga yopishmaydigan bo'ladi.
Stolga un sepamiz va ustiga xamirni qo'yib, 3-5 mm qalinlikda yoyamiz.
Qolipchalarimizga mos keluvchi aylana qolipchalar bilan kesib chiqamiz.
Kesgan xamir bo'lakchalarimizni tartaletka qolipchasiga qo'yamiz va qo'lda tekislab chiqamiz.
Eslatma: qoliplarni yog'lash shart emas, chunki xamirimiz yetarli darajada yog'li bo'lib, pishgandan so'ng ham ularni qolipdan ajratish osonroq bo'ladi.
Sanchqi bilan bir necha bor teshsak, xamir ko'tarilib ketmaydi.
Xamirlarni 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 12-15 daqiqa davomida, qizargunicha pishirib olamiz.
Pishgandan so'ng 5 daqiqa tegmasdan biroz sovutamiz, so'ng esa qolipchalaridan ajratamiz.
Ular soviguncha kremni tayyorlab olamiz.
Jelatinni oldinroq iliq suvga(taxminan 20 ml) botirib qo'yamiz.
Qaymoqni mikser yordamida ko'pirtiramiz.
Ko'pirgan qaymoqqa vanil shakari va shakar upasini solamiz va yana ko'pirtiramiz.
Krem ustiga izlar tushsa, demak kremimiz tayyor hisoblanadi.
Jelatinni mikroto'lqinli pechga 30 soniyaga qo'yib eritamiz. Ehtiyot bo'ling qaynab ketmasin.
Sovigandan so'ng esa kremni ustidan quyamiz va 1-2 daqiqa davomida ko'pirtiramiz.
Tartaletkalarni ustiga 1 choy qoshiqdan murabbo qo'yib chiqamiz.
Kremni pishiriq qopchasiga solamiz va savatchalarni ustiga quyib chiqamiz.
Ustini xohishga qarab har xil mevalar bilan bezatamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
200 gramm yumshatilgan sariyog' | |
130 gramm shakar upasi | |
3 ta tuxum sarig'i | |
1 choy qoshiq qabartma | |
bir chimdim tuz | |
0.5 choy qoshiq vanil shakari | |
Kremiga: |
|
400 millilitr yog'li qaymoq | |
60 gramm shakar upasi | |
10 gramm jelatin | |
yarim piyola olchali murabbo | |
bezatish uchun mevalar |