fbpx
Videoretsept: «Qahva donalari» pechenyesi

Videoretsept: «Qahva donalari» pechenyesi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qahva ta’mili xushbo’y pechenye – choy yoki qahva bilan iste’mol qilish uchun mukammal uyg’unlik. Yumshoq, mayin va uqalanib ketadigan bo’lib pishadi. Bittasini ta’tib ko’rib, o’zingizni to’xtatolmaysiz. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
75 gramm eritilgan sariyog'
80 gramm shakar upasi
1 ta tuxum sarig'i
40 millilitr damlangan achchiq qahva
130 gramm un
45 gramm makkajo'xori kraxmali
15 gramm kakao kukuni
bir chimdim tuz
Qadam 1
Tugallandi

Idishda yumshoq sariyog’ va shakar upasini aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxum sarig’ini qo’shib, aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Sovugan qahva qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Elangan un, makkajo’xori kraxmali, kakao kukuni va tuz qo’shib aralashtiramiz.
Xamir plastilindan sal yumshoqroq bo’lishi kerak.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirdan gilos hajmida dumaloqchalar yasaymiz, har-birini ustini taxta tayoqcha bilan ezamiz.
Tayoqchani suvga solib olsangiz, xamirga yopishmaydi.

Qadam 6
Tugallandi

Pechenyelarni pergament qog’ozi solingan patnisga teramiz.

Qadam 7
Tugallandi

180С gacha qizdirilgan pechga 15 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tayyor pechenyelarni sovutib dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 12
  • Oddiy
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
75 gramm eritilgan sariyog'
80 gramm shakar upasi
1 ta tuxum sarig'i
40 millilitr damlangan achchiq qahva
130 gramm un
45 gramm makkajo'xori kraxmali
15 gramm kakao kukuni
bir chimdim tuz
oldingi
Videoretsept: yong’oq va mayizli pirog
keyingi
Videoretsept: tez tayyorlanadigan sabzavotlar bilan tovuq

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.