Videoretsept: pishloqli pechenye
Masalliqlar:
-
100 gramm qattiq pishloq
-
100 gramm "Sloboda 67%" mayonezi
-
50 gramm yumshatilgan sariyog'
-
1 ta tuxum
-
1 choy qoshiq qabartma
-
1 choy qoshiq tuz
-
0,5 choy qoshiq qora murch
-
220 gramm un
-
Qizartirish uchun
-
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv
-
10 gramm kunjut
Yo’nalishlar
Bu ajoyib pishloqli pechenye barcha shakarsiz pishiriqlarni sevuvchilarga yoqadi. Mayonez xamirni juda yumshoq qiladi, va tayyor pechenye juda mayin va uqalanadigan bo’ladi.
Agar siz salatlardan ortgan mayonezni qayerga ishlatishni qidirayotgan bo’lsangiz, mana bu pechenyeni tayyorlashni taklif qilamiz. Bu tez pechenyelar barcha oila a’zolaringizga yoqadi, va kino ko’rayotib yeyish uchun mukammal tanlov.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
100 gramm qattiq pishloq | |
100 gramm "Sloboda 67%" mayonezi | |
50 gramm yumshatilgan sariyog' | |
1 ta tuxum | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq tuz | |
0,5 choy qoshiq qora murch | |
220 gramm un | |
Qizartirish uchun |
|
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv | |
10 gramm kunjut |
Idishda mikser yordamida mayonez, yumshatilgan sariyog’ va tuxumni aralashtiramiz.
Mayda qirg’ichdan chiqarilgan pishloq qo’shamiz va aralashtiramiz.
Tuz va qabartma qo’shib, aralashtiramiz.
Birozdan un qo’shib xamir qoramiz. Xamirni uzoq qormagan yaxshi, u mayin va yumshoq bo’lishi uchun.
Xamirni ustiga plyonka berkitib, 30 daqiqaga sovutgichga qo’yamiz.
Sovutilgan xamirni 0,5 sm qalinlikda pergament ustida yoyamiz.
Pichoq yordamida pechenyega shakl beramiz.
Ustiga tuxum sarig’i va suv aralashmasini surtamiz.
Xohishga ko’ra kunjut va murch sepamiz.
190 С gacha qizdirilgan pechga 20 daqiqaga qizarib pishguncha qo’yamiz.
Masalliqlar:
100 gramm qattiq pishloq | |
100 gramm "Sloboda 67%" mayonezi | |
50 gramm yumshatilgan sariyog' | |
1 ta tuxum | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq tuz | |
0,5 choy qoshiq qora murch | |
220 gramm un | |
Qizartirish uchun |
|
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv | |
10 gramm kunjut |