Videoretsept: pishiriqsiz shokoladli tort
Masalliqlar:
-
Asos ucuhn
-
150 gramm shokoladli qumoq pechenyepesochniy
-
50 millilitr eritilgan sariyog'
-
Muss uchun
-
700 millilitr sut
-
100 gramm shakar
-
25 gramm makkajo'xori kraxmali
-
5 gramm agar-agar
-
200 gramm qora shokolad
Yo’nalishlar
Bu shokoladli tortni tayyorlash oson bo’lib, ko’p vaqt talab qilmaydi. Asosiysi – uni pechda pishirish kerak emas. Natijada, bayramona ko’rinishga ega, juda mazali mussli tort tayyor bo’ladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
Asos ucuhn |
|
150 gramm shokoladli qumoq pechenye | |
50 millilitr eritilgan sariyog' | |
Muss uchun |
|
700 millilitr sut | |
100 gramm shakar | |
25 gramm makkajo'xori kraxmali | |
5 gramm agar-agar | |
200 gramm qora shokolad |
Asos tayyorlaymiz
Pechenyeni mayda kroshka holatiga keltirib, eritilgan sariyog’ qo’shib aralashtiramiz.
Ochiladigan qolipning (18 sm diametr) pastki qismiga pergament qog’ozi solib, uqalangan pechenyeni solib tekislaymiz. Sovutgichga 10-15 daqiqaga qo’yamiz.
Muss tayyorlaymiz
Idishda shakar, kraxmal va agar-agarni birlashtiramiz. Quruq masalliqlarni aralashtirib turgan holda, sutni quyamiz.
Shokolad qo’shib, o’rtacha olovda massani qaynatamiz. Qaynagandan so’ng massa quyuladi.
Issiq massani pechenyelik asosga quyamiz. Tortni xona haroratida sovutib, sovutgichga 2-3 soatga qo’yamiz.
Masalliqlar:
Asos ucuhn |
|
150 gramm shokoladli qumoq pechenye | |
50 millilitr eritilgan sariyog' | |
Muss uchun |
|
700 millilitr sut | |
100 gramm shakar | |
25 gramm makkajo'xori kraxmali | |
5 gramm agar-agar | |
200 gramm qora shokolad |
2 Sharhlar Hide Comments
Agar agar nima degani
Agar agar bu jelatinga o’xshash tabiiy qotiruvchi narsa. Ziravorlar sotadigan joyda bo’ladi.