fbpx
Videoretsept: pishirilmaydigan bananli pirog

Videoretsept: pishirilmaydigan bananli pirog

Masalliqlar:

  • Asos uchun

  • Nachinka uchun

  • Krem uchun

Yo’nalishlar

Ba’zan qiziqarli pishiriqlar pishirgimiz keladi, ammo xamir qorishga vaqt yo’q. Bunday holatlar uchun pishirilishi oson bo’lgan, chiroyli va mazali pechda pishirilmaydigan banan va qaynatilgan quyultirilgan sut nachinkali pirogni taqdim etamiz.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 75 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Asos uchun
280 gramm qumoq pechenye (pesochniy)
100 gramm eritilgan sariyog'
Nachinka uchun
300 gramm qaynatilgan quyultirilgan sut
2 ta banan
Krem uchun
200 gramm qaymoq
200 gramm tvorogli pishloq
80 gramm quyultirilgan sut
Qadam 1
Tugallandi

Asos tayyorlaymiz

Pechenyeni blender yoki juva yordamida maydalaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Maydalangan pechenyega eritilgan sariyog’ qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

20 sm diametrlik qolipga plyonka solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Maydalangan pechenyeni qolipga solib, lopatka yoki stakan yordamida tekislaymiz. Chetlarini balandroq qoldiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sovutgichga 15-20 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Krem tayyorlaymiz

Idishda tvorogli pishloq, qaymoq va quyultirilgan sutni birlashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Mikser yordamida quyuq krem holatiga keltiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Pirog tayyorlaymiz

Qolipni sovutgichdan chiqarib, ustiga qaynatilgan quyultirilgan sutni tekkislab surtib.

Qadam 9
Tugallandi

Ustiga dumaloq qilib kesilgan banan bo’laklarini teramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Kremni qandolat qopchasiga solib, pirog ustini bezatamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Pirogni 30 daqiqaga sovutgichga qo’yamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 6
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Asos uchun
280 gramm qumoq pechenye (pesochniy)
100 gramm eritilgan sariyog'
Nachinka uchun
300 gramm qaynatilgan quyultirilgan sut
2 ta banan
Krem uchun
200 gramm qaymoq
200 gramm tvorogli pishloq
80 gramm quyultirilgan sut
oldingi
Videoretsept: qaymoqli qayla ostida tovuq va sabzavotlar
keyingi
Videoretsept: o’rikli bulochkalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.