fbpx
Videoretsept: pechda pishirilgan chipslar

Videoretsept: pechda pishirilgan chipslar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Uyda tayyorlangan chipslar – do’kondan sotib olingan gazaklar o’rnini bosadigan foydali yegulik. Bu retseptda qanday qilib kartoshka pyuresidan pechda yupqa, qarsildoq chipslarni tayyorlashni ko’rsatamiz.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 7 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
4 ta kartoshka
1 osh qoshiq suv
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
0,5 choy qoshiq qora murch
30 millilitr o'simlik yog'i
40 millilitr suv
Qadam 1
Tugallandi

Kartoshkani tozalab, o’rtacha bo’laklarga kesamiz va tuzli suvda qaynatamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qaynatilgan kartoshkani pyure holatiga keltiramiz, murch, paprika, o’simlik yog’i va suv qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Pyureni qandolat qopchasiga solamiz. Pergament qog’ozi solingan patnisga kichkina dumaloqchalar chiqaramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Dumaloqchalar ustini yana bir pergament qog’ozi bilan berkitib, stakan yordamida hammasini ezib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Ustidagi pergament bilan birgalikda chipslarni 140C gacha qizdirilgan pechga 1 soatga qo’yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tayyor chipslarni ehtiyotkorlik bilan pergamentdan olamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soat
  • Portsiya 3
  • Oddiy
  • 140C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
4 ta kartoshka
1 osh qoshiq suv
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
0,5 choy qoshiq qora murch
30 millilitr o'simlik yog'i
40 millilitr suv
oldingi
Videoretsept: mikroto’lqinli pechda sinnabonlar
keyingi
Videoretsept: pomidor va motsarellalik galeta

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.