Videoretsept: olmali tart
Masalliqlar:
-
Xamir uchun
-
120 gramm un
-
20 gramm shakar
-
bir chimdim tuz
-
70 gramm muzdek sariyog'
-
20 millilitr suv
-
5 millilitr olma sirkasi
-
Nachinka uchun
-
2 ta yashil olma
-
5 gramm muzdek sariyog'
-
1 osh qoshiq shakar
-
1 choy qoshiq dolchin
-
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
Yo’nalishlar
Fransuzcha olmali tart – bu qumoq xamirdan ochiq pirogdir. Nachinka juda sersuv, mayin ta’mli, olmaning nordonligiga ega bo’ladi, xamir esa – uqalanib ketadigan. Bunday pirogning tashqi ko’rinishi juda nazokatli, xushbo’y ifori esa tariflab bo’lmaydigan. Yanada mazzaliroq bo’lishi uchun, issiq pirog ustiga vanil muzqaymog’ini qo’yib iste’mol qilish mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
120 gramm un | |
20 gramm shakar | |
bir chimdim tuz | |
70 gramm muzdek sariyog' | |
20 millilitr suv | |
5 millilitr olma sirkasi | |
Nachinka uchun |
|
2 ta yashil olma | |
5 gramm muzdek sariyog' | |
1 osh qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq dolchin | |
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali |
Chuqur idishda un, shakar, tuz va sovuq sariyog’ni mayda kroshka holatigacha uqalaymiz.
Suv va sirkani qo’shib, xamir qoramiz.
Xamirni pergament qog’oziga o’rab, muzlatgichga 30 daqiqaga qo’yamiz.
Olmalarni po’stlog’i va o’rtasidan tozalab, to’rtga bo’lamiz, va ingichka parraklarga kesamiz.
Ish joyini biroz unlab, ustiga xamirni qo’yamiz. Xamirni ham unlab yoyamiz.
Xamirni ehtiyotkorlik bilan tart uchun qolipga solamiz. (pastki qismi chiqariladigan bo’lsa - yanada yaxshi) Xamirni qolioga joylab, biroz ezib, chetlarini kesib olamiz.
Xamir ustiga kraxmal sepamiz.
Olma parraklarini xamir ustiga teramiz. Shakar va dolchin sepamiz. Ustiga kichkina sariyog’ bo’lakchalarini qo’yib chiqamiz.
190С gacha qizdirilgan pechga 20-25 daqiqaga, xamir chetlari qizarib, olmalar pishguncha qo’yamiz.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
120 gramm un | |
20 gramm shakar | |
bir chimdim tuz | |
70 gramm muzdek sariyog' | |
20 millilitr suv | |
5 millilitr olma sirkasi | |
Nachinka uchun |
|
2 ta yashil olma | |
5 gramm muzdek sariyog' | |
1 osh qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq dolchin | |
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali |