Videoretsept: Olma va suli yormasidan tayyorlanilgan vaflilar
Masalliqlar:
-
3 ta tuxum
-
suli yormasi uni
-
1.5 stakan olmali pyure
-
1.4 stakan sut
-
1/2 stakan asal
-
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
-
1/2 choy qoshiq tuz
-
bir hovuch maydalangan yong'oq
Yo’nalishlar
Vaflining 1 kishiga mo’ljallangan miqdori 110 kilokaloriyani tashkil etadi. Bu ajoyib foydali nonushtadir.
Bunday vaflilarni pishirishda silikon qolipchalaridan foydalanishni maslahat beramiz, chunki unda tayyorlashda yog’ solishb talab etilmaydi, shu sababli ham uning kaloriyasi past bo’ladi.
Vafli pishirgichda pishirilsa u yopishib qoladi. Agar shunda ham vafli pishirgichdan foydalanmoqchi bo’lsangiz, unda vafli pishirgichni qizdiring, unga yaxshilab yog’ surting. Xamirini esa 1-2 soatga tindirib qo’ying. Faqat shundan so’nggina ishga kirishing.
Masalliqlar:
3 ta tuxum | |
suli yormasi uni | |
1.5 stakan olmali pyure | |
1.4 stakan sut | |
1/2 stakan asal | |
1 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
1/2 choy qoshiq tuz | |
bir hovuch maydalangan yong'oq |
Chuqurroq idishga tuxumni chaqib solamiz, ustidan olma pyuresi, sut, asal, iste'mol sodasi va tuz solib, silliq bo'lguniga qadar aralashtirib olamiz.
Yong'oqni blenderda maydalab olamiz suli yormasidan qilingan un bilan birga aralashmaga solamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz va kamida yarim soatga tindirib qo'yamiz.
Agarda sizda suli yormasidan tayyorlanilgan un bo'lmasa, unda uni quyidagicha tayyorlab oling:
Suli parchalarini olib, blenderda kukunsimon holatga kirguniga qadar maydalab olamiz. So'ng uni elab olamiz va yopiq bankaga solib saqlaymiz.
Xamirni silikon qolipchaga solib, 200 C darajada qizdirilgan gaz pechida 10-12 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
3 ta tuxum | |
suli yormasi uni | |
1.5 stakan olmali pyure | |
1.4 stakan sut | |
1/2 stakan asal | |
1 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
1/2 choy qoshiq tuz | |
bir hovuch maydalangan yong'oq |