Videoretsept: «Muraveynik»
Masalliqlar:
-
xamiri uchun
-
180 gramm smetana
-
100 gramm shakar
-
100 gramm yumshatilgan sariyog'
-
400 gramm un
-
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
40 gramm sutli yoki qora shokolad
-
kremi uchun
-
350 gramm qaynatilgan quyultirilgan sut
-
100 gramm yumshatilgan sariyog'
-
70 gramm yong'oq
Yo’nalishlar
«Muraveynik» – bu oddiy va mazali shirinlik bo’lib, uni har kim o’ziga xos tarzda bezatishi mumkin. Qolaversa ushbu pishiriq ko’pchilikka bolalikdan tanish.
U o’ziga xos ko’rinishga ega va uning ta’mi har doimgidek mazali. Bayramona stol uchun yoki oilaviy choy ichishlar uchun ayni muddao.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
xamiri uchun |
|
180 gramm smetana | |
100 gramm shakar | |
100 gramm yumshatilgan sariyog' | |
400 gramm un | |
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
40 gramm sutli yoki qora shokolad | |
kremi uchun |
|
350 gramm qaynatilgan quyultirilgan sut | |
100 gramm yumshatilgan sariyog' | |
70 gramm yong'oq |
Xamir tayyorlaymiz:
Smetana, shakar va yumshoq sariyog'ni lopata yordamida yaxshilab aralashtiramiz.
So'ngra unni qabartma bilan elab solib, qumoq xamir qorib, dumaloqlaymiz. Yopishqoq plyonkaga o'rab, 30 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.
Gaz pechi patnisiga pergament qog'ozini solamiz.
Xamirni muzlatgichdan olib, 4 ga bo'lamiz.
Xamirning 1 qismini gaz pechi patnisiga qirg'ichning katta tishidan o'tkazamiz.
190 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 10-15 daqiqaga qizargunicha yuboramiz. Qolgan xamir bo'laklarini ham shu tarzda pishirib olamiz.
Krem tayyorlaymiz:
Idishda qaynatilgan quyultirilgan sutni sariyog' bilan ko'pirtirib olamiz.
Pechenyelarni maydalangan yong'oqlar bilan aralashtirib, kremga solamiz va yaxshilab aralashtiramiz. So'ngra 1 soatga muzlatgichga yuboramiz (butun tunga yuborsa, muraveynikni yig'ish yanada oson bo'ladi.
O'zingizga qulay bo'lgan idishni (biz ryumkadan foydalandik) xo'llab, qoshiqda hosil bo'lgan massani solamiz.
Idishni tekkis joyga o'girib, tayyor muraveyniklarni tushirib olamiz.
Ustiga eritilgan shokolad bilan bezak berib, 30 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!
ISHONCH do'konlar tarmog'i sizni uy-ro'zg'or buyumlarining katta tanlovi bilan quvontiradi.
Instagram-dagi rasmiy sahifa: @ishonchsavdouz
Rasmiy Telegram sahifasi: ISHONCH mijozlari
Rasmiy Facebook sahifasi: @ishonchsavdouz
reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
xamiri uchun |
|
180 gramm smetana | |
100 gramm shakar | |
100 gramm yumshatilgan sariyog' | |
400 gramm un | |
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
40 gramm sutli yoki qora shokolad | |
kremi uchun |
|
350 gramm qaynatilgan quyultirilgan sut | |
100 gramm yumshatilgan sariyog' | |
70 gramm yong'oq |