Videoretsept: mol go’shtilik mini-vellingtonlar
Masalliqlar:
-
Nachinka uchun
-
500 gramm mol go'shti bon file qismi
-
20 gramm sariyog'
-
20 millilitr o'simlik yog'i
-
2 choy qoshiq tuz
-
2 choy qoshiq qora murch
-
1 ta piyoz
-
300 gramm shampinyon
-
1 osh qoshiq xantal
-
Asos uchun
-
500 gramm xamirturushsiz qatlama xamir
-
Ustiga surtirish uchun
-
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv
-
bir chimdim katta tuz
Yo’nalishlar
Vellington mol go’shti – bu mayin, yumshoq qilib pishirilgan mol go’shtining bon-file qismi bo’lib, yoniga xushbo’y qo’ziqorin va ziravorlar qo’shilgan bo’ladi. Juda mazali, chiroyli va bayramona ko’rinishga ega. Uni ham katta pirog shaklida, ham kichkina pirojkalar shaklida dasturxonga tortish mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 90 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
Nachinka uchun |
|
500 gramm mol go'shti bon file qismi | |
20 gramm sariyog' | |
20 millilitr o'simlik yog'i | |
2 choy qoshiq tuz | |
2 choy qoshiq qora murch | |
1 ta piyoz | |
300 gramm shampinyon | |
1 osh qoshiq xantal | |
Asos uchun |
|
500 gramm xamirturushsiz qatlama xamir | |
Ustiga surtirish uchun |
|
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv | |
bir chimdim katta tuz |
Nachinka tayyorlaymiz
Piyozni mayda to’g’raymiz. Qo’ziqorinni mayda to’g’rab, qurutib, chopperda maydalaymiz.
Mol go’shtini 12 teng bo’lakga kesamiz. Tuz va murch qo’shamiz.
Go’shtni o’simlik yog’i va sariyog’da, baland olovda ikki tomonini 1-2 daqiqadan qizartirib qovuramiz. Qovurilgan go’sht bo’lakchalarini tarelkaga olamiz.
Tovada piyozni qizartirib qovuramiz.
Qo’ziqorin va ziravorlar qo’shib, yaxshilab qovuramiz. Qo’ziqorinning suyuqligi qolmasligi kerak.
Xantal qo’shib aralashtiramiz va olovdan olamiz.
Qatlama xamirni 30х40 sm diametrda yoyib 12 teng to’rtburchaklarga kesamiz.
Har bir to’rtburchak o’rtasiga 1 osh qoshiq qo’ziqorinli nachinka solib ustiga go’sht bo’lagini qo’yamiz.
Chetlarini yopishtrib, pirogga shakl beramiz.
Chokini pastga qilib pirojkalarni pergament qog’ozi solingan patnisga teramiz.
Ustiga tuxumli aralashma surtib, katta tuz sepamiz.
180С gacha qizdirilgan pechga 30-35 daqiqaga qo’yib, qizartirib pishiramiz.
Masalliqlar:
Nachinka uchun |
|
500 gramm mol go'shti bon file qismi | |
20 gramm sariyog' | |
20 millilitr o'simlik yog'i | |
2 choy qoshiq tuz | |
2 choy qoshiq qora murch | |
1 ta piyoz | |
300 gramm shampinyon | |
1 osh qoshiq xantal | |
Asos uchun |
|
500 gramm xamirturushsiz qatlama xamir | |
Ustiga surtirish uchun |
|
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv | |
bir chimdim katta tuz |