fbpx
Videoretsept: meksikancha usulda pishirilgan tovuq

Videoretsept: meksikancha usulda pishirilgan tovuq

Taomlari:

    Masalliqlar:

    Yo’nalishlar

    Makkajo’xori va pomidorlar bilan dimlab pishiriladigan tovuqli bu taom – meksikancha usuldagi juda tezpishar yeguliklardan biri hisoblanadi.

    Tuz va murch qatorida o’zingizga yoqqan ziravorlar, shuningdek achchiq qalampirdan ham solishingiz mumkin.

    Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 35 000 soʻm sarf qilinadi.*

    *narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

    Masalliqlar:

    500 gramm tovuq filesi
    200 gramm konservalangan makkajo'xori
    1 dona qizil sabzi
    1 bosh piyoz
    4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
    2 ta pomidor
    2 ta bulg'or qalampiri
    yarim bog' kashnich
    ta'bga qarab tuz va murch
    3 osh qoshiq o'simlik yog'i
    Qadam 1
    Tugallandi

    Tovuq filesini pelyonkasidan tozalab, o'rtacha kattalikda to'g'rab olamiz.

    Qadam 2
    Tugallandi

    Pomidor, sabzi, bulg'ori va piyozni esa mayda to'rtburchak shaklda to'g'raymiz.

    Qadam 3
    Tugallandi

    Tovaga yog' quyib qizdiramiz, so'ng piyozni solib, biroz qovurib olamiz. So'ng esa tovuqni solib, oqarguniga qadar, taxminan 5 daqiqa qovurib olamiz. Tuz va murch sepamiz.

    Qadam 4
    Tugallandi

    Sabzini solib, 5 daqiqa dimlab pishiramiz. So'ng esa bulg'ori, makkajo'xori, pomidorlarni solib, yana 5 daqiqa davomida dimlab pishiramiz.

    Qadam 5
    Tugallandi

    Oxirida esa to'g'ralgan sarimsoqpiyoz va kashnichni solib, 5 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

    Yoqimli ishtaha!

    Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

    Muallif: Sitora

    • O’rtacha

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    500 gramm tovuq filesi
    200 gramm konservalangan makkajo'xori
    1 dona qizil sabzi
    1 bosh piyoz
    4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
    2 ta pomidor
    2 ta bulg'or qalampiri
    yarim bog' kashnich
    ta'bga qarab tuz va murch
    3 osh qoshiq o'simlik yog'i
    oldingi
    Rangdor gulmohi balig’idan steyk
    keyingi
    Rovoch va merengali tart

    Izohingizni yozib qoldiring

    Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.