Videoretsept: Fransuzcha mayin shirinlik – «Krep syuzett» quymoqlari
Masalliqlar:
-
250 gramm iliq sut
-
140 gramm un
-
50 gramm sariyog'
-
2 ta tuxum
-
3 osh qoshiq shakar
-
1/4 choy qoshiq tuz
-
apelsinli qayla uchun
-
200 gramm shakar
-
150 millilitr suv
-
100 millilitr apelsin sharbati
-
50 gramm sariyog'
-
2 osh qoshiq limon sharbati
-
1 ta apelsin po'sti
Yo’nalishlar
Shirin apelsin qaylasida namlangan mazali, xushbo’y va yupqa quymoqlar retseptini taqdim etamiz.
«Krep syuzett» quymoqlari – fransuz klassikasi hisoblanadi. Va ular sizni fransuz kafesining romantik muhitiga olib boradigan mazali desert bo’la oladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
250 gramm iliq sut | |
140 gramm un | |
50 gramm sariyog' | |
2 ta tuxum | |
3 osh qoshiq shakar | |
1/4 choy qoshiq tuz | |
apelsinli qayla uchun |
|
200 gramm shakar | |
150 millilitr suv | |
100 millilitr apelsin sharbati | |
50 gramm sariyog' | |
2 osh qoshiq limon sharbati | |
1 ta apelsin po'sti |
Quymoq tayyorlaymiz
Chuqur idishda shakar, un va tuzni aralashtiramiz.
Boshqa idishda tuxum va sutni aralashtirib, so'ngra unli massaga qo'shamiz. Aralashtiramiz.
So'ngra xamirga yumshoq sariyog' qo'shib, aralashtiramiz.
Ustini yopib 30 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
30 daqiqadan so'ng tovani qizdirib, yupqa quymoqlar pishirib olamiz. Taxminan 12-15 ta quymoqlar hosil bo'ladi.
Qayla tayyorlaymiz
Idishda shakar, apelsin po'sti, suv, apelsin va limon sharbatini aralashtiramiz. Olovga qo'yib, past olovda taxminan 10 daqiqa qaynatamiz.
Tovaga sariyog'ni yarimini qo'yib, qizdiramiz. Ozroq qayla quyib, ustidan uchburchak shaklidagi quymoqlarni ikki taraflam qayla qiyom holiga kelmagunicha qizdirib olamiz.
Barcha quymoqlarni shunday pishirib olamiz.
Quymoqlarni likopchalarga qo'yamiz. Ta'bga ko'ra quymoqlarga qaymoqli muzqaymoq bilan bezak berishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha!
Rasmiy instagram sahifasi:artel_official
Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt
reklama huquqi ostida
Masalliqlar:
250 gramm iliq sut | |
140 gramm un | |
50 gramm sariyog' | |
2 ta tuxum | |
3 osh qoshiq shakar | |
1/4 choy qoshiq tuz | |
apelsinli qayla uchun |
|
200 gramm shakar | |
150 millilitr suv | |
100 millilitr apelsin sharbati | |
50 gramm sariyog' | |
2 osh qoshiq limon sharbati | |
1 ta apelsin po'sti |