Videoretsept: kolbasa va yashil no’xatli olivye salati
Masalliqlar:
-
250 gramm qaynatilgan kolbasa
-
150 gramm “365 kun” konservalangan yashil no’xati
-
3 ta qaynatilgan tuxum
-
3 ta kartoshka
-
3 ta tuzlangan bodring
-
1 ta sabzi
-
150 millilitr mayonez
-
1 choy qoshiq tuz
-
1 choy qoshiq qora murch
-
Bezak uchun
-
1 ta bodring
Yo’nalishlar
Kolbasa va yashil no’xatlik klassik olivye salati – tez va oson tayyorlanadiga, oson va lazzatli salat. Unga mayonez, smetana yoki tabiiy yogurt qo’shish mumkin, va u tushlik va kechli ovqatga, bayram dasturxoniga ham tortish mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
250 gramm qaynatilgan kolbasa | |
150 gramm “365 kun” konservalangan yashil no’xati | |
3 ta qaynatilgan tuxum | |
3 ta kartoshka | |
3 ta tuzlangan bodring | |
1 ta sabzi | |
150 millilitr mayonez | |
1 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq qora murch | |
Bezak uchun |
|
1 ta bodring |
Kartoshka va sabzini oldindan qaynatib, sovutib olamiz. Tuxumlarni ham qaynatib, sovutib, tozalaymiz.
Yashil no’xatning suvini to’kib, no’xatlarni durshlagga olib, tindiramiz.
Qaynatilgan kolbasani o’rtacha kubik shaklida to’g’raymiz.
Qaynatib, sovutilgan sabzini tozalab, kubik shaklida to’g’raymiz.
Qaynatilgan kartoshkani ham tozalab, kubik shaklida to’g’raymiz.
Bodring va tuxumni o’rtacha kubik shaklida to’g’raymiz.
Salat uchun chuqur idishda barcha masalliqlarni, yashil no’xat va ziravorlar bilan birlashtiramiz.
Mayonez qo’shib, aralashtiramiz va tuzini ta’tib ko’ramiz.
Kerak bo’lsa, tuz qo’shamiz.
Salatni 1 soatga sovutgichga qo’yamiz.
Bodringni uzun yupqa bo’laklarga to’g’raymiz.
Tarelkaga oshpazlik qolipini qo’yib, chetiga doira shaklida bodringni joylashtiramiz.
O’rtasiga salatni solib, qoshiqda tepasini ezib, ehtiyotkorlik bilan qolipni olib tashlaymiz.
Yoqimli ishtaha!
Facebook: fb.com/korzinkauz
Instagram: @korzinkauz
Telegram (rus tilida): t.me/korzinkauz
Telegram (o'zbek tilida): t.me/korzinka_uzb
Reklama huquqi asosida.
Masalliqlar:
250 gramm qaynatilgan kolbasa | |
150 gramm “365 kun” konservalangan yashil no’xati | |
3 ta qaynatilgan tuxum | |
3 ta kartoshka | |
3 ta tuzlangan bodring | |
1 ta sabzi | |
150 millilitr mayonez | |
1 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq qora murch | |
Bezak uchun |
|
1 ta bodring |