Videoretsept: ko’katli pirog
Masalliqlar:
-
xamiri uchun
-
2 ta tuxum
-
50 millilitr o'simlik yog'i
-
400-450 gramm un
-
250 millilitr kefir
-
1 osh qoshiq shakar
-
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
-
ustiga sepish uchun sedana
-
nachinkasi uchun
-
400 gramm tvorog
-
1 bog' petrushka
-
1 bog' shivit
-
50-60 gramm ismaloq
-
1 bog' ko'k piyoz
-
1 choy qoshiq tuz
Yo’nalishlar
Biz sizga ko’katlar va tvorogdan tayyorlangan noodatiy ko’rinishga ega pirog retseptini taqdim etamiz. Ushbu pirog sizni nafaqat g’ayrioddiy nozik ta’mi bilan, balki foydali xususiyatlari bilan ham quvontiradi.
Darhaqiqat, uning tarkibida ko’plab ko’katlar va tvorog mavjud. Pirog juda to’yimli bo’lib chiqadi, uni ham issiq, ham sovuq iste’mol qilish mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 34 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
xamiri uchun |
|
2 ta tuxum | |
50 millilitr o'simlik yog'i | |
400-450 gramm un | |
250 millilitr kefir | |
1 osh qoshiq shakar | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut | |
ustiga sepish uchun sedana | |
nachinkasi uchun |
|
400 gramm tvorog | |
1 bog' petrushka | |
1 bog' shivit | |
50-60 gramm ismaloq | |
1 bog' ko'k piyoz | |
1 choy qoshiq tuz |
Xamirini tayyorlaymiz:
Idishda tuxumni shakar bilan venchik yordamida yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Ko'pirtirishni davom ettirgan holda, kefir va o'simlik yog'i solamiz.
Un solib, xamir qoramiz. Xamir yumshoq, ammo qo'lga yopishmaydigan bo'lishi lozim.
Xamirni yopishqoq plyonkaga o'rab, 10 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.
Nachinka tayyorlaymiz:
Petrushka, shivit, ismaloq va ko'k piyozni mayda qilib to'g'raymiz.
To'g'ralgan ko'katlarni tvorogga solib, tuz sepamiz va yaxshilab aralashtiramiz.
Xamirni muzlatgichdan olib, 2 ta bir xil bo'lakka bo'lamiz.
Bo'laklarni 0,5-0,7 sm qalinlikda dumaloq shaklida yoyamiz.
Yoyilgan xamirlarning bittasini pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.
Ustiga nachinka solamiz. Yonlarida 2-3 sm joy ochiq qolishi kerak.
Ustini ikkinchi xamir bo'lagi bilan yopib, chetlarini avval qo'lda, so'ngra sanchqida yaxshilab ezib chiqamiz.
Pirog o'rtasiga krujka yoki biron-bir idish qo'yib, yonlarini kesib chiqamiz va videoda ko'rsatilganidek kesilgan tasmalarni nachinka bilan birga buraymiz.
Ustiga tuxum sarig'i va sutli aralashmani surtib, sedana sepamiz.
Pirogni 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 30-35 daqiqaga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!
ISHONCH do'konlar tarmog'i sizni uy-ro'zg'or buyumlarining katta tanlovi bilan quvontiradi.
Instagram-dagi rasmiy sahifa: @ishonchsavdouz
Rasmiy Telegram sahifasi: ISHONCH mijozlari
Rasmiy Facebook sahifasi: @ishonchsavdouz
reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
xamiri uchun |
|
2 ta tuxum | |
50 millilitr o'simlik yog'i | |
400-450 gramm un | |
250 millilitr kefir | |
1 osh qoshiq shakar | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut | |
ustiga sepish uchun sedana | |
nachinkasi uchun |
|
400 gramm tvorog | |
1 bog' petrushka | |
1 bog' shivit | |
50-60 gramm ismaloq | |
1 bog' ko'k piyoz | |
1 choy qoshiq tuz |