fbpx
  • Asosiy
  • Gazaklar
  • Videoretsept: ko’kat va nachinkali blinchiklar (quymoqlar)
Videoretsept: ko’kat va nachinkali blinchiklar (quymoqlar)

Videoretsept: ko’kat va nachinkali blinchiklar (quymoqlar)

Masalliqlar:

  • Blinchik (quymoq) uchun

  • Nachinka uchun

Yo’nalishlar

Ko’katli blinchik – bu, xamiriga maydalangan ko’kat qoshilgan, oddiy blinchikning bir turi. Ko’kat qo’shilgani uchun ularning ta’mi va ko’rinishi yorqin bo’ladi. Ularni ham o’zini ham nachinka bilan iste’mol qilish mumkin. Bu retseptda nachinka sifatida tvorogli pishloq va qizil baliqni ishlatdik. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Blinchik (quymoq) uchun
500 millilitr iliq sut
2 ta tuxum
220 gramm un
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
1 choy qoshiq tuz
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
150 millilitr qaynoq suv
30 gramm ko'kat
Nachinka uchun
150 gramm tuzlangan losos balig'i filesi
200 gramm tvorogli pishloq
Qadam 1
Tugallandi

Iliq sutga tuxum va tuz qo’shib ko’pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Elangan un va qabartma qo’shib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qaynoq suv va o’simlik yog’i qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Maydalangan ko’kat qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qizdirilgan quruq tovada ikki tomonini qizartirib blinchik pishiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Baliqni yupqa va uzun bo’laklarga kesamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Har bir blinchik yarimiga tvorogli pishloq surtib, baliq bo’lagini qo’yamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Blinchikni rulet shaklida o’rab, 2 yoki 3 teng bo’lakga bo’lamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 45 daqiqa
  • Portsiya 18
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Blinchik (quymoq) uchun
500 millilitr iliq sut
2 ta tuxum
220 gramm un
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
1 choy qoshiq tuz
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
150 millilitr qaynoq suv
30 gramm ko'kat
Nachinka uchun
150 gramm tuzlangan losos balig'i filesi
200 gramm tvorogli pishloq
oldingi
Videoretsept: pishloqli nachinkali tovuq filesi
keyingi
Videoretsept: quyultirilgan sutli tez keks

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.