fbpx
Videoretsept: Ko’k somsa

Videoretsept: Ko’k somsa

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Navro’z bayramini o’zimizning ko’k somsalarimiz tasavvur etib bo’lmaydi. Bugungi somsalarning xamirini tayyorlash esa ko’pchilik uchun yangilik bo’lsa ajab emas!

Somsalarni chiroyli chiqishi uchun cho’pchalarda terib chiqsak ham, alohida-alohida tugib chiqsak ham bo’ladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
400 gramm un
120 millilitr iliq suv
1 ta tuxum
200 gramm margarin
1.5 choy qoshiq tuz
Asosiga:
2 bog' ismaloq
2 bog' jag'-jag'
100 gramm yalpiz
1 bog' mator ko'kati
2 bosh piyoz
20 millilitr o'simlik yog'i
100 gramm dumba yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Idishga un, tuxum, tuzli suv solamiz va xamir qoramiz

Qadam 2
Tugallandi

Xamirni yaxshilab mushtlaymiz va ustini yopib 30 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ng xamirni olib, kattaroq lagan hajmida yoyib olamiz va o'rtasiga yumshagan sariyog'ni qo'yamiz.

Xamirni xuddi konvertga o'xshab yopamiz.

Xamirni olib sovutgichga yarim soatga qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni olib, yana yoyamiz, taxminan 30 sm ga va yana konvertga o'xshab buklaymiz. Xamirni olib 3 soatga sovutgichga qo'yamiz.

Shu harakatni kamida uch marotaba takrorlaymiz. Xamirni sovutgichga bir kechaga qoldirsangiz, qat-qat bo'lib, chiroyli pishadi.

Qadam 5
Tugallandi

Xamir olib pishirishdan avval, somsa asosini tayyorlab olamiz.

Barcha ko'katlarni maydaroq to'g'rab olamiz.

Qo'y yog'i va piyozni ham to'rtburchak qilib to'g'raymiz.

Hammasini bitta idishga solamiz, ustidan yog'ni quyib ziravorlarni sepamiz va aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni olib ikkiga bo'lamiz va har birini aylana shaklda yoyamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Yoygan xamirlarimizni ruletga o'xshatib o'rab chiqamiz va taxminan 2 sm qalinlikda kesib chiqamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Kesgan zuvalachalarimizni yoyib olamiz, yopishib qolmasligi uchun un sepamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Zuvalachalarga ikki qoshiqdan ko'katli aralashmadan solamiz va aylana shaklda tugib olamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Somsalar chiroyli chiqishi uchun ularni cho'pchalarga terib chiqamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Pergament qog'oz to'shalgan patnisga teramiz, ustidan tuxum sarig'i surtib, sedana sepib bezatamiz.

Qadam 12
Tugallandi

220 C darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
400 gramm un
120 millilitr iliq suv
1 ta tuxum
200 gramm margarin
1.5 choy qoshiq tuz
Asosiga:
2 bog' ismaloq
2 bog' jag'-jag'
100 gramm yalpiz
1 bog' mator ko'kati
2 bosh piyoz
20 millilitr o'simlik yog'i
100 gramm dumba yog'i
oldingi
Mikroto’lqinli pechda pishirilgan olmalar
keyingi
Tovuq va pishloqli salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.