Videoretsept: kartoshkali bulochkalar
Masalliqlar:
-
Xamir uchun
-
65 millilitr iliq suv
-
70 millilitr iliq sut
-
4 gramm Dr.Oetkerdan tez ta'sir etuvchi xamirturush
-
4 gramm tuz
-
20 gramm shakar
-
200 gramm un
-
30 gramm sariyog'
-
Nachinka uchun
-
2 ta katta kartoshka
-
1 osh qoshiq shakar
-
10 gramm yumshatilgan sariyog'
-
bir chimdim tuz
-
ta'bga ko'ra murch
-
1 osh qoshiq mayonez
-
8 dona dudlangan go'sht
-
5 dona sendvichga mo'ljallangan pishloqli plastinkalar
Yo’nalishlar
Kartoshka pyuresi, dudlangan mol go’shti va pishloqli uyda tayyorlanilgan bulochkalar tamaddi, nonushta uchun yoki non o’rniga iste’mol qilinishi mumkin. Bulochkalarni tayyorlash ko’p vaqtni egallaydi, xamir ko’tarilib ulgurishi uchun ularni tayyorlashga vaqt ajratib qo’ying.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 55 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
65 millilitr iliq suv | |
70 millilitr iliq sut | |
4 gramm Dr.Oetkerdan tez ta'sir etuvchi xamirturush | |
4 gramm tuz | |
20 gramm shakar | |
200 gramm un | |
30 gramm sariyog' | |
Nachinka uchun |
|
2 ta katta kartoshka | |
1 osh qoshiq shakar | |
10 gramm yumshatilgan sariyog' | |
bir chimdim tuz | |
ta'bga ko'ra murch | |
1 osh qoshiq mayonez | |
8 dona dudlangan go'sht | |
5 dona sendvichga mo'ljallangan pishloqli plastinkalar |
Iliq suvga xamirturush qo’shib aralashtiramiz.
Iliq sut, shakar va tuz qo’shib yana aralashtiramiz.
Un qo’shib, 1-2 daqiqa davomida xamir qoramiz.
Yumshoq sariyog’ qo’shib yana 2 daqiqa davomida qoramiz. Plyonka bilan berkitib 30 daqiqaga qoldiramiz.
30 daqiqadan so’ng xamirni stolga urib 7-10 daqiqa davomida qoramiz.
Xamirni dumaloq shaklga keltirib, idishga solamiz. Sochiq yoki plyonka bilan o’rab 2 soatga iliq joyda qoldiramiz.
Kartoshkani qaynatamiz, pyure xolatiga keltirib ziravorlar, shakar, mayonez va sariyog’ qo’shib aralashtiramiz.
Tayyor xamirni 0,5 sm qalinlikda ingichka qilib 30×40 sm to’rtburchak shaklida yoyamiz.
Kartoshkalik nachinkani xamir ustiga yoyamiz. Bir qatorga pishloq, ikkinchi qatorga dudlangan go’sht teramiz.
Xamirni rulet shaklida o’rab, chetlarini chimchilaymiz. 5 sm lik bir xil qismlarga kesamiz.
Tayyor dumaloqchalarni pergament qog’ozi solingan qolipga, orasida masofa qoldirib, qo’yamiz. Bulochkalar ko’tarilishi uchun sochiq bilan berkitib 1 soatga qoldiramiz.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
65 millilitr iliq suv | |
70 millilitr iliq sut | |
4 gramm Dr.Oetkerdan tez ta'sir etuvchi xamirturush | |
4 gramm tuz | |
20 gramm shakar | |
200 gramm un | |
30 gramm sariyog' | |
Nachinka uchun |
|
2 ta katta kartoshka | |
1 osh qoshiq shakar | |
10 gramm yumshatilgan sariyog' | |
bir chimdim tuz | |
ta'bga ko'ra murch | |
1 osh qoshiq mayonez | |
8 dona dudlangan go'sht | |
5 dona sendvichga mo'ljallangan pishloqli plastinkalar |