Videoretsept: karamel va bananlik Taten
Masalliqlar:
-
4 ta banan
-
Karamel uchun
-
200 gramm shakar
-
25 gramm yumshatilgan sariyog'
-
100 millilitr 20-35 % li qaymoq
-
bir chimdim tuz
-
Xamir uchun
-
200 gramm banan
-
100 gramm yumshatilgan sariyog'
-
130 gramm shakar
-
2 ta tuxum
-
160 gramm un
-
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
50 gramm maydalangan yong'oq
Yo’nalishlar
Tart Taten – klassik retseptni kashf qilgan Taten opa-singillari nomiga atalgan mashxur fransuz pirogi. Odatiy Taten olma bilan pishiriladi: olmalar birinchi shakar bilan qovuriladi, so’ngra xamir ostida pechda pishiriladi. Ammo biz sizga qandolatchilikdagi eng shirin uyg’unliklardan biri – banan va karamelli Tatenni tayyorlashni tavsiya qilamiz. Xamir qatlami ustida shakarli eruvchan karamel ostidagi pishgan bananlar.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 60 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
4 ta banan | |
Karamel uchun |
|
200 gramm shakar | |
25 gramm yumshatilgan sariyog' | |
100 millilitr 20-35 % li qaymoq | |
bir chimdim tuz | |
Xamir uchun |
|
200 gramm banan | |
100 gramm yumshatilgan sariyog' | |
130 gramm shakar | |
2 ta tuxum | |
160 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
50 gramm maydalangan yong'oq |
18 sm diametrlik qolipga pergament qog’ozi solamiz.
Bananlarni tozalab, o’rtasidan uzunasiga bo’lib, qolipga kesilgan tomonini tepaga qilib solamiz.
Qaymoqni idishga solib, past olovga isitgani qo’yamiz.
Shakarni qalin devorli idishga solib, o’rtacha olovga erigani qo’yamiz. Shakarni aralashtirmaymiz.
Shakar erishni boshlaganda, ehtiyotkorlik bilan silikon lopatka bilan aralashtirishni boshlaymiz. Shakar kuymasligi uchun, barcha tomoni birlikda erishi kerak.
Shakarning hammasi erigandan so’ng, olovni past qilib sariyog’ va tuz qo’shamiz. Tezda-tezda aralashtiramiz.
Aralashtirishni to’ztatmasdan, ehtiyotkorlik bilan, massaga issiq qaymoqni quyamiz. Aralashma qaynashni boshlaydi. Yana 1-2 daqiqa davomida karamelni aralashtirib turgan holda qaynatamiz.
Karamelni bananlar ustiga quyib, chetga olib qo’yamiz.
Chuqur idishda bananlarni sanchqi yordamida pyure holatiga keltiramiz.
Yumshoq sariyog’ va tuxum qo’shib, aralashtiramiz.
Shakar qo’shib aralashtiramiz.
Elangan un, qabartma, maydalangan yong’oqni qo’shib aralashtiramiz.
Xamirni karamelli bananlar ustiga quyamiz.
180C gacha qizdirilgan pechga 45-50 daqiqaga qo’yamiz. Tayyorligini quruq taxta tayoq yordamida tekshiramiz.
Pirogni 5-7 daqiqa davomida qolipda sovutamiz. Kerak bo’lsa tepasini tekkis qilib kesamiz, tepasiga katta tarelka bosib, pirogni tarelkaga aylantiramiz.
Ehtiyot bo’ling, issiq karamel chetlaridan oqishi mumkin.
Masalliqlar:
4 ta banan | |
Karamel uchun |
|
200 gramm shakar | |
25 gramm yumshatilgan sariyog' | |
100 millilitr 20-35 % li qaymoq | |
bir chimdim tuz | |
Xamir uchun |
|
200 gramm banan | |
100 gramm yumshatilgan sariyog' | |
130 gramm shakar | |
2 ta tuxum | |
160 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
50 gramm maydalangan yong'oq |