fbpx
Videoretsept: «Jayma» qozoq taomi

Videoretsept: «Jayma» qozoq taomi

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Nachinka uchun

  • Qayla uchun

Yo’nalishlar

Qozoqcha «Jayma» – bu xamirdan trubochkalar va dimlangan go’shtli mazali va to’yimli taom. Tayyorlash ko’proq vaqtingizni oladi, ammo natijasi barchani lol qoldiradi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 60 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
350 gramm un
1 ta tuxum
1 choy qoshiq tuz
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
130 millilitr suv
Nachinka uchun
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 bog' petrushka
Qayla uchun
500 gramm mol go'shti
1 ta piyoz
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
2 ta pomidor
300 gramm karam
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 bog' maydalangan petrushka
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz

Unga tuz, tuxum, o’simlik yog’i va suv qo’shib, yumshoq, qo’lga yopishmaydigan xamir qoramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xamirni dumaloq shaklga keltirib, plyonkaga o’rab xona haroratida, 30 daqiqaga yoki qaylani tayyorlaguncha, qoldiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qayla tayyorlaymiz

Go’sht va pomidorlarni o’rtacha kubik shaklda to’g’raymiz. Piyoz va karamni yarimhalqa shaklida to’g’raymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Katta va chuqur tovada o’simlik yog’ida go’shtni qizartirib qovuramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Piyoz qo’shib yana 3 daqiqa davomida qovuramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pomidor, ziravorlar va karam qo’shib aralashtiramiz. Suv qo’shib, past olovda 40 daqiqa davomida dimlaymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni yupqa qilib katta yoyamiz. Ustiga o’simlik yog’i surtib, maydalangan petrushka sepamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Xamirni to’rtburchaklarga kesib, bir chetidan ikkinchi chetiga qarab rulet qilib o’raymiz.

Qadam 9
Tugallandi

Tayyor ruletchalarni go’sht qaylasi ustiga terib, qopqog’ini berkitib, past olovda yana 30 daqiqa davomida pishiramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Tayyor taomni tarelkaga chiroyli qilib solib, ustiga ko’kat sepib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat 20 daqiqa
  • Portsiya 8
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
350 gramm un
1 ta tuxum
1 choy qoshiq tuz
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
130 millilitr suv
Nachinka uchun
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 bog' petrushka
Qayla uchun
500 gramm mol go'shti
1 ta piyoz
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
2 ta pomidor
300 gramm karam
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 bog' maydalangan petrushka
oldingi
Videoretsept: shokoladli brauni
keyingi
Videoretsept: tvorogli kremli profitroli

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.