fbpx
Videoretsept: gruzincha tovuq«Shkmeruli»

Videoretsept: gruzincha tovuq«Shkmeruli»

Taomlari:

    Masalliqlar:

    Yo’nalishlar

    Mazali va ishtahaochar taom «Shkmeruli» – qaymoqli qayla ostidagi, usti qizarib pishgan qatlamga ega lazzatli tovuq go’shtini  tayyorlab ko’ring. Bu taom tayyorlanishi oson, ta’mi esa takrorlanmas. 

    Tayyor taomning taxminiy narxi – 65 000 so’m. 

    *narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

    Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    4 ta tovuq sonlari
    1 choy qoshiq tuz
    0,5 choy qoshiq qora murch
    1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
    30 gramm sariyog'
    4 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
    300 millilitr qaymoq
    Qadam 1
    Tugallandi

    Tovuq sonini terisidan tozalab, salfetkada quritamiz.

    Qadam 2
    Tugallandi

    Tovuq soniga tuz, murch va paprika qo’shib, yaxshilab aralashtiramiz. Ziravorlar go’shtning barcha tomonini qoplashi kerak.

    Qadam 3
    Tugallandi

    Sarimsoqpiyoz va petrushkani nayda to’g’raymiz.

    Qadam 4
    Tugallandi

    Sariyog’da tovuq boldirlarini 2 tomonini qizartirib qovuramiz.

    Qadam 5
    Tugallandi

    Tovuqni tarelkaga olib, tovaga sarimsoqpiyozni solamiz.

    Qadam 6
    Tugallandi

    Qaymoq, tuz, murch qo’shib, qaynatamiz.

    Qadam 7
    Tugallandi

    Qaynayotgan qaylaga tovuq go’shtini solib, 10-15 daqiqa davomida dimlaymiz.

    Qadam 8
    Tugallandi

    Tayyor tovuqni ustiga qayla quuyib, maydalangan petrushka sepamiz.

    Yoqimli ishtaha!

    • 40 daqiqa
    • Portsiya 4
    • Oddiy

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    4 ta tovuq sonlari
    1 choy qoshiq tuz
    0,5 choy qoshiq qora murch
    1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
    30 gramm sariyog'
    4 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
    300 millilitr qaymoq
    oldingi
    Videoretsept: pishiriqsiz shokoladli tort
    keyingi
    Videoretsept: teriyaki tovuq bilan iliq salat

    Izohingizni yozib qoldiring

    Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.