fbpx
  • Asosiy
  • garnirlar
  • Videoretsept: «grilda tayyorlangandek» pechda pishirirlgan sabzavotlar
Videoretsept: «grilda tayyorlangandek» pechda pishirirlgan sabzavotlar

Videoretsept: «grilda tayyorlangandek» pechda pishirirlgan sabzavotlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Sabzavot sevarlar va yangi garnir turlarini qidirayotganlar uchun ajoyib retsept.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 65 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta o’rtacha baqlajon
2 ta o’rtacha qovoqcha
3 ta bulg'or qalampiri Har-xil rangli
1 ta qizil piyoz
200 gramm pomidor cherry
150 gramm shampinyon
2 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 choy qoshiq provans ko'katlari
220 gramm smetana
40 millilitr o'simlik yog'i
200 gramm motsarella pishlog'i Xohishga ko’ra
Qadam 1
Tugallandi

Qovoqcha va baqlajonni yarimhalqa shaklida to’g’raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Bulg’or qalampiri va qizil piyozni to’g’rab, shampinyon qo’ziqorinini o’rtasidan bo’lamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Chuqur idishda barcha sabzavotlarni birlashtirib, ziravorlar, smetana va o’simlik yog’ini qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Sabzavotlarni 15-20 daqiqaga marinadlangani qoldiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sabzavotlarni pergament qog’ozi solingan patnisga tekislab solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Sabzavotlarni 180C gacha qizdirilgan pechga 25 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Motsarellani qirg’ichdan chiqarib, issiq sabzavotlar ustiga sepib, yana 5-10 daqiqaga pechga qo’yamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tayyor sabzavotlarni issiq holatda dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat
  • Portsiya 5
  • O’rtacha
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta o’rtacha baqlajon
2 ta o’rtacha qovoqcha
3 ta bulg'or qalampiri Har-xil rangli
1 ta qizil piyoz
200 gramm pomidor cherry
150 gramm shampinyon
2 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 choy qoshiq provans ko'katlari
220 gramm smetana
40 millilitr o'simlik yog'i
200 gramm motsarella pishlog'i Xohishga ko’ra
oldingi
Videoretsept: bulg’or qalampirida sendvich
keyingi
Videoretsept: uyda tayyorlangan quyultirilgan sut

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.