Videoretsept: «Futbol to’pi» pechenyesi
Masalliqlar:
-
260 gramm un
-
170 gramm yumshatilgan sariyog'
-
80 gramm shakar
-
2 ta tuxum sarig'i
-
15 gramm kakao kukuni
-
1 choy qoshiq vanil shakari
Yo’nalishlar
Futbol to’pi ko’rinishidagi pechenye tayyorlab, farzandlaringizni hursand qiling. Bunday pechenyelar nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham juda yoqadi!
Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
260 gramm un | |
170 gramm yumshatilgan sariyog' | |
80 gramm shakar | |
2 ta tuxum sarig'i | |
15 gramm kakao kukuni | |
1 choy qoshiq vanil shakari |
Tuxum sarig’i va shakarni mikser yordamida aralashtiramiz.
Yumshoq sariyog’ qo’shib, yaxshilab aralashtiramiz.
Hosil bo’lgan massani 2 qismga bo’lamiz. Bir qismiga kakao, ikkinchisiga vanil shakari qo’shamiz.
Ikkisiga ham 130 grammdan un qo’shib, yumshoq qumoq xamir qoramiz.
Xamirni 15 daqiqaga sovutgichga qo’yamiz.
Ikki xil xamirdan kichkina dumaloqchalar yasaymiz.
Qora xamirni o’rtaga qo’yamiz. Atrofiga 5 ta oq xamir, keyin 5 ta qora, va yana 5 ta oq xamirni dumaloq shaklda terib chiqamiz.
Ularni stakanning ost qismi bilan bosib, dumaloq qolipda pechenye kesib olamiz.
Masalliqlar:
260 gramm un | |
170 gramm yumshatilgan sariyog' | |
80 gramm shakar | |
2 ta tuxum sarig'i | |
15 gramm kakao kukuni | |
1 choy qoshiq vanil shakari |