fbpx
Videoretsept: dolchinli pechenye

Videoretsept: dolchinli pechenye

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Nachinka uchun

Yo’nalishlar

Kefir asosida tayyorlangan xushbo’y dolchinli pechenye – barchaga yoqadigan pishiriq. U juda tez va oson tayyorlanib, juda mazzali bo’lib pishadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Xamir uchun
320 gramm "365 Kun" uni
100 gramm "365 Kun" sariyog’i
120 millilitr "365 Kun" kefiri
2 osh qoshiq "365 Kun" shakari
1 ta olma
0,5 choy qoshiq zanjabil
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
bir chimdim tuz
Nachinka uchun
3 osh qoshiq "365 Kun" shakari
1 choy qoshiq dolchin
40 gramm "365 Kun" sariyog’i
Qadam 1
Tugallandi

Elangan unga yumshoq sariyog’ qo’shib, kroshka holatigacha uqalaymiz. Tuz va dolchin qo’shamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Boshqa idishda kefir, shakar va sodani birlashtirib, shakar eriguncha aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Olmani po’stlog’ini archib, katta qirg’ichdan chiqaramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Un bilan sariyog’ga kefirli aralashma va olmani qo’shib, yaxshilab aralashtiramiz va qo’lga yopishmaydigan xamir qoramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qulaylik uchun xamirni 4 ga bo’lamiz va har birini yupqa qilib yoyamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Yoyilgan xamir ustiga eritilgan sariyog’ surtib, shakar va dolchin aralashmasini sepamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni rulet shaklida o’rab, chetlarini chimchilab olamiz. Xuddi shunday qilib qolgan xamirni ham o’raymiz va muzlatgichga 10-15 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Ruletlarni, 1 sm qalinlikli bo’laklarga bo’lamiz. Pechenyelarni pergament qog’ozi solingan patnisga teramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Pechenye ustiga sariyog’ surtib, dolchin va shakar aralashmasini sepamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Pechenyeni 180C gacha qizdirilgan pechda 20-25 daqiqa davomida pishiramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Issiq pechenyeni ustiga sochiq yopib, butunlay sovutamiz.

Yoqimli ishtaha!

Facebook: fb.com/korzinkauz
Instagram: @korzinkauz
Telegram (rus tilida): t.me/korzinkauz
Telegram (o'zbek tilida): t.me/korzinka_uzb

Reklama huquqi asosida.

  • 45 daqiqa
  • O’rtacha
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamir uchun
320 gramm "365 Kun" uni
100 gramm "365 Kun" sariyog’i
120 millilitr "365 Kun" kefiri
2 osh qoshiq "365 Kun" shakari
1 ta olma
0,5 choy qoshiq zanjabil
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
bir chimdim tuz
Nachinka uchun
3 osh qoshiq "365 Kun" shakari
1 choy qoshiq dolchin
40 gramm "365 Kun" sariyog’i
oldingi
Videoretsept: qovoqli zebra
keyingi
Videoretsept: bananli toblatma

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.