Videoretsept: bulg’or qalampirida sendvich
Masalliqlar:
-
3 ta bulg'or qalampiri
-
1 ta katta pomidor
-
1 bog’ rukkolaYoki boshqa ko’kat
-
3 dona mol go'shtidan vetchina yoki dudlangan go'sht
-
6 ta tuxum
-
120 gramm yumshoq pishloq
-
0,5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
ta'bga ko'ra ziravorlar
-
1 choy qoshiq tuz
-
20 gramm sariyog' yoki o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Agar siz sog’lom turmush tarziga rioya qilsangiz, bu ajoyib nonsiz, bulg’or qalampiri asosidagi sendvich sizga albatta yoqadi.
Bulg’or qalampiri qarsillab, o’z ta’mini qo’shadi, nachinkani ta’bga ko’ra o’zgartirish mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
3 ta bulg'or qalampiri | |
1 ta katta pomidor | |
1 bog’ rukkola | |
3 dona mol go'shtidan vetchina yoki dudlangan go'sht | |
6 ta tuxum | |
120 gramm yumshoq pishloq | |
0,5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
ta'bga ko'ra ziravorlar | |
1 choy qoshiq tuz | |
20 gramm sariyog' yoki o'simlik yog'i |
Bulg’or qalampirini o’rtasidan bo’lib, o’rtasini urug’laridan tozalaymiz.
Pomidorni yupqa dumaloqchalar shaklida kesamiz.
Yumshoq pishloqni paprika va ta’bga ko’ra ziravorlar bilan aralashtiramiz.
2 ta tuxumni tuz bilan aralashtirib, o’simlik yog’i yoki sariyog’da ikki tomonini qovuramiz. Pishgan omletni konvert shaklida o’raymiz.
Bulg’or qalampirini ichiga yumshoq pishloq surtamiz. Ustiga rukkola, pomidor dumaloqchasi, vetchina, omletni terib, ustini bulg’orning ikkinchi bo’lagi bilan berkitamiz.
Masalliqlar:
3 ta bulg'or qalampiri | |
1 ta katta pomidor | |
1 bog’ rukkola | |
3 dona mol go'shtidan vetchina yoki dudlangan go'sht | |
6 ta tuxum | |
120 gramm yumshoq pishloq | |
0,5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
ta'bga ko'ra ziravorlar | |
1 choy qoshiq tuz | |
20 gramm sariyog' yoki o'simlik yog'i |