fbpx
Videoretsept: beze va o’rikli pirog

Videoretsept: beze va o’rikli pirog

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Ishtahaochar, mazali va bayramona ko’rinishga ega beze va o’rikli pirog. Uning uchun ham xamir, ham nachinka, ham merenga tayyorlash kerakligiga qaramay, barcha qadamlar juda tez b aoson tayyorlanadi, natijasi esa sizni hayratda qoldiradi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz

Tuxum sarig’i bilan shakarni mikser yordamida ko’pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Yumshoq sariyog’ qo’shib yana ko’pirtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Un bilan qabartma qo’shib yumshoq xamir qoramiz. 15 daqiqaga sovutgichga qo’yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz

O’rikni danagidan tozalab kubik shaklida to’g’raymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni 2 ta pergament qog’ozi orasiga qo’yib 0,5 sm qalinlikda xamir yoyamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni qolipga solib, chetlarini biroz ko’tarib shakllantiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni sanchqi bilan teshib, ustiga nachinka solamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Pirogni 180C gacha qizdirilgan pechga 20 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Merenga tayyorlaymiz

Tuxum oqini ko’pik holatigacha ko’pirtiramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Oz-ozdan shakar upasi qo’shib yaxshilab ko’pirtiramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Pirogni duxovkadan chiqarib, ustiga merengani solib tekkislaymiz.

Qadam 12
Tugallandi

170C darajada 10 daqiqa davomida, so’ng 130C darajada 20-30 daqiqa pishiramiz.

Qadam 13
Tugallandi

Pirogni pechdan chiqarib butunlay sovutamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soat
  • Portsiya 6
  • Oddiy
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
oldingi
Videoretsept: meksikancha burrito
keyingi
Videoretsept: brokkoli bilan vitaminli salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.