Vetchina va qo’ziqorinli pasta
Masalliqlar:
-
250 gramm spagettiyoki boshqacha pasta
-
400 gramm mol go'shtidan vetchina yoki dudlangan go'sht
-
250 gramm shampinyon
-
1/3 choy qoshiq quritilgan rayhon
-
200 millilitr qaymoq
-
150 gramm parmezan pishlog'i
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
qovurish uchun zaytun moyi
Yo’nalishlar
Vetchina va qo’ziqorinlar bilan tayyorlaniladigan juda tezpishar va mazali pastadan tayyorlab ko’rishni tavsiya qilamiz.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
250 gramm spagetti | |
400 gramm mol go'shtidan vetchina yoki dudlangan go'sht | |
250 gramm shampinyon | |
1/3 choy qoshiq quritilgan rayhon | |
200 millilitr qaymoq | |
150 gramm parmezan pishlog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
qovurish uchun zaytun moyi |
Pastani qadog'ida ko'rsatlgandek vaqtda qaynatib olamiz. To'rli suzgichdan o'tkazamiz. Pastani qaynatgan suvdan bir stakanini olib qo'yamiz.
Vetchinani kattaroq to'rtburchak shaklda tog'raymiz.
Shampinyonlarni esa yuvib, parrak-parrak qilib to'g'raymiz.
Tovaga zaytun yog'in i solib qizdiramiz va vetchinani solib, qizarguncha taxminan 5 daqiqa qovurib olamiz. Qovurilgan vetchinani boshqa idishga olib qo'yamiz.
Shu tovaga yana ozroq yog' solib, qo'ziqorinlarni qovurib olamiz.
Ular to'q'roq rangga kirgandan so'ng, tuz murch va quritilgan rayhonni sepamiz.
Vetchinani qo'ziqorinlar ustidan solib, yana ikki daqiqacha birga qovuramiz.
Qaymoqni quyib, olovni pasaytiramiz va biroz quyulgunga qadar pishiramiz. Gazdan olamiz.
Qaynatilgan pastani qaylaga solamiz va aralashtirib olamiz. Agar taom juda quyuq bo'lib chiqsa, unda olib qo'ygan suvdan keraklicha quyamiz.
Pastani issiqligida ustidan qirg'ichdan chiqarilgan pishloq sepib, dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
250 gramm spagetti | |
400 gramm mol go'shtidan vetchina yoki dudlangan go'sht | |
250 gramm shampinyon | |
1/3 choy qoshiq quritilgan rayhon | |
200 millilitr qaymoq | |
150 gramm parmezan pishlog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
qovurish uchun zaytun moyi |
3 Sharhlar Hide Comments
Mol go’shtidan vetchina qanaqa?
Vetchina chochqa go’shti emasmi
Assalomu aleykum! Yo’q, mol go’shtidan ham vetchinalar bor. Ustida mol go’shtidan tayyorlangan vetchina deb yozilgan.
shuni vetchina emas mol go’shti deb qo’ying.
vetchina deganda baribir cho’chqa go’shtini tushunaman