fbpx
Tvorogli pishiriqlar

Tvorogli pishiriqlar

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Ertalab tongni yaxshi kayfiyat bilan boshlash uchun tvorog bilan pishiriladigan, juda xushbo’y pishiriqlardan pishirib ko’ring.Tvorog qo’shib pishiriladigan bunday pishiriqlar ko’pchilikka bolaligidan tanish bo’lib, u ba’zilarning sevimli pishiriqlaridan biri bo’lsa ajab emas.

Quyidagi masalliqlardan taxminan 20 dona pishiriq (sochnik)lar hosil bo’ladi.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 19 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
420 gramm un
200 gramm margarin yoki sariyog'
2 ta tuxum
100 gramm shakar
1 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
Asosiga:
400 gramm 5-9 % li tvorog
40 gramm 25 % va undan ko'proq yog'li smetana
70 gramm shakar upasi
1 choy qoshiq vanilin
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
1 dona tuxum sarig'i
Qadam 1
Tugallandi

Biroz yumshgan sariyog'ni tuxum, shakar va tuz bilan yaxshilab ko'pirtirib oling.

Qadam 2
Tugallandi

Qabartma bilan unni elab olamiz va sal-sal aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni aylana shaklga keltirib, 20 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.uning uchun barcha masalliqlarni birlashtirib, yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Biroz sovigan xamirni un sepilgan yuza ustida 5 mm qalinlikda yoyib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Aylanasi 10 sm li piyola yoki qolipcha yordamida xamirdan shakllar kesib chiqamiz.

Chetidan chiqqan ortiqcha xamirlarni tugaguniga qadar boshqatdan yoyib, yana aylana shakllar kesib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirchalarning o'rtasiga 1 choy qoshiqdan asos solib chiqamiz va bir chetini ikkinchi chekkasiga sal yetkizmasdan ustiga bukib chiqamiz.

Chetki qismlarini birlashtirib chiroyli sochniklar tugib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Sochniklarni pergament qog'oz to'shalgan patnisga terib, ustiga tuxum sarig'ini surtib chiqamiz va 180 C darajada 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Bir kun turgan bu pishiriqlar yanada mazali ta'm kasb etadi. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 50 daqiqa
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
420 gramm un
200 gramm margarin yoki sariyog'
2 ta tuxum
100 gramm shakar
1 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
Asosiga:
400 gramm 5-9 % li tvorog
40 gramm 25 % va undan ko'proq yog'li smetana
70 gramm shakar upasi
1 choy qoshiq vanilin
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
1 dona tuxum sarig'i
oldingi
Makaronli taom (po flotski)
keyingi
«Tayyor sotuvdagidek ta’mli» qovoqchali ikra

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.