fbpx
Turkcha non (Ramazan pide)

Turkcha non (Ramazan pide)

Taomlari:

    Masalliqlar:

    Yo’nalishlar

    Agar siz ham bizga o’xshab turk oshxonasining chinakam muxlislari bo’lsangiz, unda ushbu retsept bo’yicha turkcha non tayyorlab ko’ring. U juda mazali, yumshoq va usti qarsildoq bo’lib pishadi.

    Ushbu nonni tayyorlash juda oson. Uni tayyorlab ko’rishingizni maslahat beramiz.

    Tayyor taomning taxminiy narxi – 10 000 so’m. *

    *narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
    Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    240 millilitr iliq suv
    240 millilitr iliq sut
    1 choy qoshiq tuz
    1 osh qoshiq shakar
    60 millilitr o'simlik yog'i
    1 ta tuxum oqi
    2 choy qoshiq xamirturush
    700-750 gramm un
    1 ta tuxum sarig'i
    2 choy qoshiq smetana
    2 osh qoshiq kunjut ustiga sepish uchun
    Qadam 1
    Tugallandi

    Katta idishga sut va iliq suvni quyamiz. Tuz, shakar va xamirturush solamiz.

    Aralashtiramiz va o'simlik yog'i va tuxum oqini quyamiz.

    Qadam 2
    Tugallandi

    Hosil bo'lgan aralashmaga un solib, yumshoq xamir qoramiz.

    Qadam 3
    Tugallandi

    Xamirni 1 soatga issiq joyga oshishi uchun olib qo'yamiz.

    Qadam 4
    Tugallandi

    Stolga un sepib, xamirni qo'yamiz.

    Qadam 5
    Tugallandi

    Xamirni 2 ta bir xil bo'lakka bo'lamiz.

    Qadam 6
    Tugallandi

    Xamirning bir bo'lagini un sepilgan gaz pechi patnisiga qo'yamiz.

    Qadam 7
    Tugallandi

    Xamirni qo'lda 1 sm qalinlikda yoyamiz.

    Qadam 8
    Tugallandi

    Alohida idishda tuxum sarig'i va smetanani aralashtiramiz.

    Qadam 9
    Tugallandi

    Qo'l barmoqlarini tuxumli aralashmaga botirib olib, xamirda istalgan naqshlarni hosil qilamiz.

    Qadam 10
    Tugallandi

    Nonga tuxumli aralashmani surtib, kunjut sepamiz.

    Qadam 11
    Tugallandi

    200 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 25-30 daqiqaga yuboramiz. ikkinchi xamirni ham huddi shu tarzda pishirib olamiz.

    Yoqimli ishtaha!

    • 1 soat 30 daqiqa
    • Portsiya 4
    • O’rtacha
    • 200 C

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    240 millilitr iliq suv
    240 millilitr iliq sut
    1 choy qoshiq tuz
    1 osh qoshiq shakar
    60 millilitr o'simlik yog'i
    1 ta tuxum oqi
    2 choy qoshiq xamirturush
    700-750 gramm un
    1 ta tuxum sarig'i
    2 choy qoshiq smetana
    2 osh qoshiq kunjut ustiga sepish uchun
    oldingi
    Videoretsept: pishirishni talab qilmaydigan shokoladli chizkeyk
    keyingi
    Videoretsept: malina va yong’oqli pirog

    Izohingizni yozib qoldiring

    Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.