Tunets balig’i va kavar kurtaklari qo’shib tayyorlanilgan pitsa
Masalliqlar:
-
1 kilo un
-
560 millilitr iliq suv
-
25 millilitr zaytun moyi
-
14 gramm achitqi
-
ta'bga qarab tuz
-
100 gramm tunets balig'i
-
120 gramm pishloq
-
40 gramm marinadlangan kavar kurtaklari
-
200 gramm pomidor
-
100 gramm piyoz
-
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Masalliqlar:
1 kilo un | |
560 millilitr iliq suv | |
25 millilitr zaytun moyi | |
14 gramm achitqi | |
ta'bga qarab tuz | |
100 gramm tunets balig'i | |
120 gramm pishloq | |
40 gramm marinadlangan kavar kurtaklari | |
200 gramm pomidor | |
100 gramm piyoz | |
1 osh qoshiq o'simlik yog'i |
Iliq suvga xamirturushni solib, aralashtiramiz.
Tuz solamiz va erigunicha yana aralashtiramiz.
Zaytun moyini quyamiz va ustidan unni elab solamiz. Yaxshilab aralashtiramiz va xamir qorib olamiz. Xamir qorishda ortiqcha un qolmasligi kerak, agarda shunday bo'lsa, unda yana ozroq suv qo'shamiz.
Xamirimiz yumshoq, lekin qo'lga yopishmaydigan bo'ladi.
Xamirni ustini yopib, 1 soatga iliq joyda tindirib qo'yamiz.
Xamir oshgunicha esa pitsa asosi bilan shug'ullanamiz.
Pomidorni po'stidan tozalab, blenderda maydalab olamiz.
Ajralib chiqqan suvini to'kamiz.
Tovaga sariyog'ni solib eritamiz va ezilgan pomidorni solib qovurib olamiz. Tuz sepamiz.
Pishloqni qirg'ichning katta tishidan chiqaramiz.
Piyozni yarim halqa qilib to'g'raymiz.
Gaz pechini 220 C da yoqib qo'yamiz.
Xamirni aylanasi 30 sm qilib yoyib olamiz. Qalinligini o'z xohishingizga qarab belgilashingiz mumkin.
Gaz pechi patnisiga pergament qog'oz to'shaymiz va ustiga yoygan xamirimizni qo'yib olamiz.
Xamirni ustiga sovigan pomidor pastasidan surtamiz.
So'ng pishloqni sepamiz.
Ustidan baliq, piyoz va kavar kurtakchalarini terib chiqamiz.
220 C darajada 15 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 kilo un | |
560 millilitr iliq suv | |
25 millilitr zaytun moyi | |
14 gramm achitqi | |
ta'bga qarab tuz | |
100 gramm tunets balig'i | |
120 gramm pishloq | |
40 gramm marinadlangan kavar kurtaklari | |
200 gramm pomidor | |
100 gramm piyoz | |
1 osh qoshiq o'simlik yog'i |