Tunets balig’i va ismaloq solib pishirilgan kish
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
230 gramm un
-
135 gramm margarin
-
3 osh qoshiq 15-20 % li smetana
-
1 choy qoshiq qabartma
-
bir chimdim tuz
-
Asosiga:
-
350 gramm konservalangan tunets balig'i
-
3 ta tuxum
-
1 bog' ismaloq
-
100 gramm qizil bulg'or qalampiri
-
125 gramm 15-20 % li smetana
-
100 gramm pishloq
-
50 millilitr sut
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Usti ochiq pirog yoki kish — bu qumoq xamir va asos siatida esa turli-tuman masalliqlar birlashmasidan iborat bo’ladi. Вizlar esa bugun uni tunets balig’i va ismaloq solib pishirdik.
Bizlar pirogni aylanasi 22 sm li qolipda pishirdik.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 50 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
230 gramm un | |
135 gramm margarin | |
3 osh qoshiq 15-20 % li smetana | |
1 choy qoshiq qabartma | |
bir chimdim tuz | |
Asosiga: |
|
350 gramm konservalangan tunets balig'i | |
3 ta tuxum | |
1 bog' ismaloq | |
100 gramm qizil bulg'or qalampiri | |
125 gramm 15-20 % li smetana | |
100 gramm pishloq | |
50 millilitr sut | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Xamiri:
Qabartma bilan unni aralashtirib olamiz.
Muzdek margarinni qirg'ichdan chiqarib solamiz. Qo'lda yaxshilab ishqalab olamiz.
Smetana, tuzni solib, xamir qorib olamiz. Xamirni pelyonkaga o'rab, 20 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Asosi
Bulg'or qalampirini to'rtburchak, ismaloqning faqat barglarini xohlagan shaklda to'g'rab olamiz.
Tunets balig'ini sanchiq bilan ezib maydalab olamiz. Ustidan tuxum, qirg'ichdan chiqarilgan pishloq, smetana, sut, tuz va murchni solib, aralashtirib olamiz.
Gaz pechini 180 C darajaga yoqib qo'yamiz.
Xamirni pergament qog'oz ustida yoyib, qolipga olamiz. Chetlarini bosib, "quloqchalar" hosil qilamiz. Asosni solib, tekislaymiz va pechga qo'yib, 45 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Kishni qolipida sovutib, so'ng qolipidan ajratamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
230 gramm un | |
135 gramm margarin | |
3 osh qoshiq 15-20 % li smetana | |
1 choy qoshiq qabartma | |
bir chimdim tuz | |
Asosiga: |
|
350 gramm konservalangan tunets balig'i | |
3 ta tuxum | |
1 bog' ismaloq | |
100 gramm qizil bulg'or qalampiri | |
125 gramm 15-20 % li smetana | |
100 gramm pishloq | |
50 millilitr sut | |
ta'bga qarab tuz va murch |