fbpx
Tovuq va pishloqli sloykalar

Tovuq va pishloqli sloykalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Biz to’yimli va ishtahaochar bo’lgan, tovuqli sloykalar tayyorlashingizni maslahat beramiz. Agar nachinkani yana mayin pishloq va ko’kat bilan to’ldirsa, ular yanada mazali bo’ladi.

Ushbu pishiriq uchun minimal vaqt va tayyor xamir kerak bo’ladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm tayyor qatlama xamir
350 gramm tovuq filesi
100-150 gramm piyoz
50 gramm sariyog'
100 gramm ismaloq
50 gramm tvorogli pishloq
ta'bga ko'ra tuz va murch
15 gramm kunjut
ustiga surtish uchun tuxum
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Qatlama xamirni xona haroratida eritamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovuq filesini go'shtmaydalagichdan o'tkazamiz yoki mayda to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Piyoz va ismaloqni mayda to'g'raymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qizdirilgan tovada ismaloqni 1 daqiqa yumshagunicha pishiramiz va idishga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

So'ngra tovaga o'simlik yog'i quyib, piyoz va tovuq qiymasini o'rtacha olovda, tahminan 5 daqiqa qovuramiz.

Qadam 6
Tugallandi

So'ngra sariyog', tuz va murch solib, 5-7 daqiqa pishiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qovurilgan massani ismaloq turgan idishga solib, aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Xamirni 0,5 smli to'g'ri to'rtburchak shaklida yoyib, 10ga 10 smli to'rtburchaklarga kesib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Har bir to'rtburchakga tvorogli pishloq surtib, 1 osh qoshiqdan nachinka qo'yamiz va yonlarini konvert shaklida tugamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Tayyor sloykalarni gaz pechi patnisiga joylashtirib, tuxum surtib, kunjut sepamiz va 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 60 daqiqa
  • Portsiya 12
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm tayyor qatlama xamir
350 gramm tovuq filesi
100-150 gramm piyoz
50 gramm sariyog'
100 gramm ismaloq
50 gramm tvorogli pishloq
ta'bga ko'ra tuz va murch
15 gramm kunjut
ustiga surtish uchun tuxum
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: «Qirolicha Viktoriya» torti
keyingi
Batafsil fotoretsept: krem va mevalarga ega savatchalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.