Tiramisu
Masalliqlar:
-
Pechenyega:
-
3 ta tuxum
-
90 gramm shakar
-
90 gramm un
-
50 gramm shakarustiga sepish uchun
-
Muss uchun:
-
4 ta tuxum tuxum
-
500 gramm maskarpone pishlog'i
-
150 gramm shakar
-
Shimdirish uchun:
-
350 millilitr yangi damlangan qahva
-
1 osh qoshiq qahvali likyor
Yo’nalishlar
Italyancha Tira mi su bo’g’inma-bo’g’in «meni yuqoriga ko’tar» degan ma’noni anglatadi. Bu shirinlikni xush ko’rmaydigan va tayyorlashni xohlamaydigan insonlar oramizda topilmasa kerak.
Italiyaning eng mashhur shirinliklaridan biri, qahva bilan to’yintirilgan Tiramisuning haqiqiy retseptini faqat Zira.uzda o’qib oling. Buning uchun bizga «savoyardi» pechenyelari kerak bo’ladi. Ularni faqatgina gipermarketlardan topish mumkinligi sabab ham, ularni bugun o’zimiz tayyorlaymiz.
Masalliqlar:
Pechenyega: |
|
3 ta tuxum | |
90 gramm shakar | |
90 gramm un | |
50 gramm shakar | |
Muss uchun: |
|
4 ta tuxum tuxum | |
500 gramm maskarpone pishlog'i | |
150 gramm shakar | |
Shimdirish uchun: |
|
350 millilitr yangi damlangan qahva | |
1 osh qoshiq qahvali likyor |
Pechenyeni pishirib olamiz
Tuxumlarni shakar bilan yaxshilab ko'pirtiramiz. Unni elab, ustidan solamiz. Qoshiqda yaxshilab aralashtirib olamiz. Xamirni pishiriq qopchasiga solamiz. Xamirlarni 8-10 sm li uzun tayoqchalardek tizib chiqamiz. Ustidan shakar sepamiz 170° darajada 10 daqiqa davomida pishiramiz.
Mussni tayyorlab olamiz
Tuxum oqini sarig'idan ajratamiz. Tuxum sarig'ini shakar bilan ko'pirtiramiz. Maskarponeni solib, qoshiqda aralashtiramiz. Tuxum oqlarini yaxshilab ko'pirtiramiz va ehtiyotkorlik bilan pishloqli massaga solamiz. Siliq holatga kirgunicha aralashtiramiz.
Qahva damlab olamiz. Uni xushbo'ylantirish uchun esa likyordan solamiz.
Tortni yig'adigan idishimizga avval savoyardi pechenyelarini terib chiqamiz, ustidan mussning yarmini solib, tekislaymiz. Yana bir qatordan qahvaga bo'ktirilgan pechenyelarni teramiz, ustidan qolgan mussni solamiz va tekislaymiz. Shirinlikimizni 5-6 soatga sovutgichga qo'yamiz. Ustidan kakao sepamiz. Ustini shuningdek ko'pirtirilgan qaymoq bilan ham bezatib, so'ng kakao sepsak ham bo'ladi. Endi faqatgina bir funjon qahva damlash va Italiyaga xayolan safar qilish qoldi xolos!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Pechenyega: |
|
3 ta tuxum | |
90 gramm shakar | |
90 gramm un | |
50 gramm shakar | |
Muss uchun: |
|
4 ta tuxum tuxum | |
500 gramm maskarpone pishlog'i | |
150 gramm shakar | |
Shimdirish uchun: |
|
350 millilitr yangi damlangan qahva | |
1 osh qoshiq qahvali likyor |