Tayyor xamirdan tayyorlangan tovuq va qo’ziqorinli pirog
Masalliqlar:
-
1 kilogramm tovuq go'shti
-
600 gramm qo'ziqorin
-
500 gramm tayyor xamirturushsiz qatlama xamiri
-
2 ta tuxum
-
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
1 bog' ko'k piyoz
-
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
ustiga suritish uchun tuxum
Yo’nalishlar
Nozik ta’mga ega, xushbo’y, tovuq go’shti va qo’ziqorinli tayyor xamirdan tayyorlangan pirog sizni va oila a’zolaringizni xursand qilishi aniq.
Pirog yanada mazaliroq va xushbo’y chiqishi uchun uni o’rmon qo’ziqorinlaridan tayyorlagan yaxshiroq. Xozirda bunday qo’ziqorinlarni supermarketlar peshtaxtalaridan topishingiz mumkin.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
1 kilogramm tovuq go'shti | |
600 gramm qo'ziqorin | |
500 gramm tayyor xamirturushsiz qatlama xamiri | |
2 ta tuxum | |
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 bog' ko'k piyoz | |
1 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
ustiga suritish uchun tuxum |
Tovuqni tayyor bo'lguniga qadar qaynatib olamiz, ozroq sovutib, qo'limiz bilan ingichka tolalarga ajratamiz.
Agar qo'ziqorinlar muzlatilgan bo'lsa, unda ularni eritib olamiz.
Tovada o'rtachadan balandroq olovda yog'ni qizdirib, qo'ziqorinlarni 5-6 daqiqa aralashtirib turgan holda qovurib olamiz.
Katta idishga tovuq go'shti va qo'ziqorin solib aralashtiramiz. Ustidan mayda to'g'ralgan sarimsoqpiyoz, ko'k piyoz va tuxum solamiz. Ta'bga ko'ra ziravorlar solib, aralashtiramiz.
Eritilgan xamirni 0,3 santimetr qalinlikda yoyamiz.
Xamir o'rtasiga asosini qo'yib, uni rulet shaklida o'raymiz. Chetlarini yaxshilab yopib chiqamiz.
Masalliqlar:
1 kilogramm tovuq go'shti | |
600 gramm qo'ziqorin | |
500 gramm tayyor xamirturushsiz qatlama xamiri | |
2 ta tuxum | |
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 bog' ko'k piyoz | |
1 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
ustiga suritish uchun tuxum |