fbpx
Tayyor xamirdan qilingan olmali tart

Tayyor xamirdan qilingan olmali tart

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Olmalardan tayyorlash mumkin bo’lgan mazali va original pirog retseptni taqdim etamiz. Sut va sariyog’dan tayyorlangan quymasi sabab ham, pirog og’zingizda erib ketadi.

Bunday pirog oila a’zolaringizning katta-yu kichikiga birdek yoqishi aniq.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

500 gramm "Mali" qumoq xamiri
4 ta olma
4 ta tuxum
300 millilitr sut
80 gramm un
60 gramm shakar
50 gramm eritilgan sariyog'
Qadam 1
Tugallandi

Xona haroratida yumshagan xamirni yoyib olamiz va qolipga olamiz. Chetlarida esa "bortik" lar hosil qilamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Olmalarni po'sti va urug'chalaridan tozalab olamiz. So'ng to'rtga bo'lasiz. Ustki qismini bir nechta joyini tilib chiqamiz. Qolipdagi xamir ustidan olma bo'laklarini terib chiqamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Sutli quymasini tayyorlab olamiz. Buning uchun sut, shakar, tuxum va eritilgan sariyog'ni aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Unni ham elab olamiz va aralashmaga qo'shamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Aralashmamizni qolipdagi xamir ustidan quyamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Olma ustidan shakar sepib, 180 C darajada qizigan pechda 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pishgan tartni issiqligida muzqagmoq bo'lagi bilan birga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi rasmiy sahifasi: @mali_uzb

Facebookdagi rasmiy sahifasi: Mali_uzb

Reklama huquqi asosida

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm "Mali" qumoq xamiri
4 ta olma
4 ta tuxum
300 millilitr sut
80 gramm un
60 gramm shakar
50 gramm eritilgan sariyog'
oldingi
«Arabyata» pastasi
keyingi
Shokoladli pechenyelar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.