«Tarator» yaxna sho’rvasi
Masalliqlar:
-
3 ta bodring
-
yarim bog' shivit
-
yarim bog' petrushka yoki kashnich
-
bir nechta yalpiz yaproqchalari
-
50 gramm yong'oq
-
600 gramm kefir
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
birga tortish uchun qaynatilgan tuxum
Yo’nalishlar
Bolgariyaning barcha kafe va oshxonalari taomnomasida bunday sho’rvani uchratishingiz mumkin. Bunday yaxna sho’ra okroshkaga o’xshaydi, ammo masalliqlarning kamroq solinishi bilan undan biroz farq qiladi.
«Trator» yaxna sho’rvasi issiq kunlarda iste’mol qilish mumkin bo’lgan sevimli yegulikingizga aylanishi aniq.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 14 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
3 ta bodring | |
yarim bog' shivit | |
yarim bog' petrushka yoki kashnich | |
bir nechta yalpiz yaproqchalari | |
50 gramm yong'oq | |
600 gramm kefir | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
birga tortish uchun qaynatilgan tuxum |
Bodringlarni juda mayda qilib to'g'raymiz.
Yong'oqni esa quruq tovaga solib, biroz qovurib olamiz. So'ng esa olib maydalaymiz.
Ko'katlarni yaxshilab yuvib, mayda qilib to'g'raymiz.
Hamma masalliqlarni kattaroq idishga solamiz, kefir, tuz va murch solib, aralashtirib olamiz.
Ehtiyojga qarab ozroq mineral suvdan ham qo'shish mumkin.
Kosa yoki chuqurroq likopchalarga quyib, ustidan yarimtadan qaynatilgan tuxum qo'yamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
3 ta bodring | |
yarim bog' shivit | |
yarim bog' petrushka yoki kashnich | |
bir nechta yalpiz yaproqchalari | |
50 gramm yong'oq | |
600 gramm kefir | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
birga tortish uchun qaynatilgan tuxum |