Tabule salati
Masalliqlar:
-
1 piyola bulgur
-
1 piyola qaynoq suv
-
2 ta pomidor
-
1 bosh piyoz
-
1 bog' petrushka
-
1 bog' yalpiz
-
0.5 ta limon
-
4-5 osh qoshiq zaytun moyi
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
Yo’nalishlar
Yaqin Sharqning klassik taomlaridan biri. Bu salatni tayyorlab ko’rishdan qo’rqmang, u nafaqat xushta’m va foydali, balki tayyorlanilishi juda ham oson bo’lgan yegulikdir.
U mazali va to’yimli, axir uning tarkibiga bulgur kiradi (bulgur – bug’ bilan ishlov berilgan, quritilib maydalangan bug’doy). Bulgur B gruppa vitaminlariga boy bo’lib, bundan tashqari u oson hazm bo’luvchi yormalar ro’yxatiga kiradi.
Masalliqlar:
1 piyola bulgur | |
1 piyola qaynoq suv | |
2 ta pomidor | |
1 bosh piyoz | |
1 bog' petrushka | |
1 bog' yalpiz | |
0.5 ta limon | |
4-5 osh qoshiq zaytun moyi | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |
Bulgurni yuving va ustiga qaynoq suv quying. 30-40 daqiqaga tindirib qo’ying.
Pomidor va piyozni mayda to'rtburchak shaklda to’g’rang. Petrushka va yalpizni ham maydalab to’g’rang, sabzavotlar bilan aralashtiring.
So'ng ivigan bulgurni qo'shing.
Masalliqlar:
1 piyola bulgur | |
1 piyola qaynoq suv | |
2 ta pomidor | |
1 bosh piyoz | |
1 bog' petrushka | |
1 bog' yalpiz | |
0.5 ta limon | |
4-5 osh qoshiq zaytun moyi | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |
2 Sharhlar Hide Comments
Salom! Tabule salatidigi bulgur pishirilmudimi?
Assalomu aleykum! Yo’q, bulgur ustidan qaynoq suv quyib, ivitilib qo’yiladi, shunda bulgurning o’zi yumshab qoladi.