fbpx
Stuzzico kafesidan retsept: Spagetti vegan

Stuzzico kafesidan retsept: Spagetti vegan

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Pesto qaylasi:

Yo’nalishlar

Yana o’sha taniqli Stuzzico kafesi o’zining ajoyib retseptlaridan yana birini Zira sahifasining o’quvchilari e’tiboriga havola etadi.

Italyancha taomlar mazaliligi va tayyorlanish jarayonining oddiyligi bilan butun dunyoda sevimli bo’lishga ulgurgan. Italyancha ko’pgina taomlarni pazandachilikka endi qadam qo’yayotganlar ham osongina tayyorlay olishadi. Ana shunday retseptlaridan birini Stuzzico bizlar bilan baham ko’radi.

Masalliqlar:

75 gramm spagetti
40 gramm veshenkalar
10 gramm kedr yong'og'i
3 osh qoshiq zaytun moyi
bir juft pomidor cherry
bir bog' ismaloq
Pesto qaylasi:
100 gramm yashil rayhon yaproqchalari
150 gramm o'simlik yog'i
20 gramm parmezan pishlog'i
10 gramm 9% li sirka
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
Qadam 1
Tugallandi

Barcha masalliqlarni tayyorlab olamiz. Spagetti qaynatish uchun qozonga suv solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Pesto qaylasiga kerakli barcha masalliqlarni blenderga solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qo'ziqorin va ismaloqni to'g'rab, yog' solingan tovada 10 daqiqa davomida qovurib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qo'ziqorin qovurilguncha, spagettilarni qaynatib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

So'ng qovurilgan ismaloq va qo'ziqorin ustidan kedr yong'oqlarini solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Keyin shu tovadagi qo'ziqorinlar ustidan qaynatilgan spagetti, pesto qaylasi va to'g'ralgan cherri pomidorlarini solib aralashtiramiz.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

75 gramm spagetti
40 gramm veshenkalar
10 gramm kedr yong'og'i
3 osh qoshiq zaytun moyi
bir juft pomidor cherry
bir bog' ismaloq
Pesto qaylasi:
100 gramm yashil rayhon yaproqchalari
150 gramm o'simlik yog'i
20 gramm parmezan pishlog'i
10 gramm 9% li sirka
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
oldingi
Tunets balig’i va sabzavotlardan salat
keyingi
Spanakopita – ismaloq va pishloqli grekcha pishiriq

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.