Stuzzico kafesidan retsept: Nutellali pitsa
Masalliqlar:
-
1 stakan suv
-
2 stakan un
-
1 choy qoshiq shakar
-
2 choy qoshiq tuz
-
3 soh qoshiq zaytun moyi
-
200 gramm Nutella shokoladli pastasi
-
1 dona banan
-
20 dona xandon pista
Yo’nalishlar
Stuzzico kafesi o’zining ajoyib mualliflik retseptini Zira.uz o’quvchilariga taqdim etadi.
Bu kafe pitsa pishirish bo’yicha juda mashhur bo’lib, ular hatto shirinliklarni ham pitsa ko’rinishida taqdim tayyorlaydilar. Noodatiy, nutella qo’shib tayyorlaniladigan bu shirinlik sizga yoqishi aniq.
Masalliqlar:
1 stakan suv | |
2 stakan un | |
1 choy qoshiq shakar | |
2 choy qoshiq tuz | |
3 soh qoshiq zaytun moyi | |
200 gramm Nutella shokoladli pastasi | |
1 dona banan | |
20 dona xandon pista |
Ishni opara tayyorlashdan boshlaymiz. Tog'orachaga bir stakan iliq suv solib, ustidan 1 choy qoshiq shakar, bir chimdim tuz, 1 osh qoshiq un va 1 choy qoshiq xamirturush solamiz,
10-15 daqiqa o'tib xamirturush faollashadi, shundan so'ng tog'orachaga un, tuz, yog' va oparani solib xamir qoramiz.
Yoki stol ustiga un sepib, xamirni shu yerda mushtlab olish ham mumkin.
Xamirni ustiga yog' surtib, oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopamiz va iliq joyga 1-1,5 soatga olib qo'yamiz. Bu vaqt mobaynida xamir 3 hissaga ko'tarilishi kerak.
Xamir oshgandan so'ng olib, ikkiga bo'lamiz. So'ng stol ustiga un sepib har birini yupqa yoyamiz.
Gaz pechi patnisiga yog' surtib ustidan yoyilgan xamirni qo'yamiz. Ustidan nutella surtib, parrak to'g'ralgan bananlarni qo'yib, ikkinchi xamir bilan ustini yopamiz. Chetlarini birlashtirib chiqamiz.
180 c darajada qizdirilgan gaz pechida 10-15 daqiqa davomida pishirib olamiz. So'ng ustini maydalangan xandon pista va eritilgan nutella shokoladi bilan bezatamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 stakan suv | |
2 stakan un | |
1 choy qoshiq shakar | |
2 choy qoshiq tuz | |
3 soh qoshiq zaytun moyi | |
200 gramm Nutella shokoladli pastasi | |
1 dona banan | |
20 dona xandon pista |