fbpx
Smetanada pishirilgan qovoqcha va bulg’or qalampiridan taom

Smetanada pishirilgan qovoqcha va bulg’or qalampiridan taom

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Yoz bu sabzavotlar mavsumi, mo’l-ko’lchilikdir. Hozir e’tiboringizga tayyorlash juda oson bo’lgan, issiqligida ham, yaxna holatida ham mazali sanalmish taom retseptini taqdim etamiz.

Shuningdek uni asosiy taom sifatida yoki taomga qo’shimcha garnir siatida ham tortish mumkin.

Tayyorlaniladigan ichimlikka taxminan 17 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

1-2 ta qovoqcha
2 ta bulg'or qalampiri
1 bosh piyoz
50 millilitr o'simlik yog'i
150 millilitr smetana
bir nechta rayhon yaqroqchalari
1-2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Barcha sabzavotlarni yaxshilab yuvamiz va katta-katta qilib to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovaga yog' solib qizdiramiz. To'g'ralgan piyozni solib 1 daqiqa davomida qovurib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Piyozni boshqa idishga olib, shu tovaning o'zida bulg'or qalampirini qovurib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Bulg'or qalampirlarini ham boshqa idishga olib, qovoqchalarni qovurib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Quruq tovaga barcha qovurilgan sabzavotlarni solamiz. Ustidan smetana, to'g'ralgan sarimsoq va rayhon solamiz, tuz va murch sepib, aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qopqog'ini yopib, past olovda 5-7 daqiqa davomida dimlab pishiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tayyor taom ustidan ko'katlar sepib, issiqligida yoki yaxna holatida dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1-2 ta qovoqcha
2 ta bulg'or qalampiri
1 bosh piyoz
50 millilitr o'simlik yog'i
150 millilitr smetana
bir nechta rayhon yaqroqchalari
1-2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Izmircha kotletlar
keyingi
Videoretsept: «Muraveynik» pishiriqlari

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.