Shokoladli salyami
Masalliqlar:
-
400 gramm pechenye"Юбилейное" turidan
-
100 gramm qora shokolad
-
150 gramm sariyog'
-
3 osh qoshiq kakao kukuni
-
1 banka quyultirilgan sut
-
150-200 gramm yong'oqta'bga ko'ra xohlagan yog'oq turlaridan foydalansa bo'ladi
-
ustiga sepish uchun shakar upasi
Yo’nalishlar
Shokoladli salyami – yangi yil dasturxonini bezaydigan ajoyib pishiriq bo’lib, shirinlikni yoqtiradigan, lekin pishir- kuydirga toqati yo’q bekajonlar uchun ayni muddao.
Bu retsept hech kimdan yuksak mahoratni talab qilmaydi. Choy yoki qahva bilan juda yaxshi iste’mol qilinadi.
Masalliqlar:
400 gramm pechenye | |
100 gramm qora shokolad | |
150 gramm sariyog' | |
3 osh qoshiq kakao kukuni | |
1 banka quyultirilgan sut | |
150-200 gramm yong'oq | |
ustiga sepish uchun shakar upasi |
1-qadam
Sirli idishda shokolad bilan sariyog' eritiladi.
2-qadam
Keyin shakar, kakao va quyultirilgan sut qo'shiladi.
Hammasi qaynash darajasiga yetkaziladi. Qaynash jarayoni boshlanganda darhol gaz plitasi ustidan olinadi.
3-qadam
Alohida idishga pechenyelar uncha katta bo'lmagan bo'laklarga bo'linadi va yong'oq qo'shiladi.
4-qadam
Qaynoq shokoladli massaga pechenyelar solinadi va aralashtiriladi.
Aralashtirish jarayonida massamiz quyuqlashadi va silliqroq holatga keladi.
5-qadam
Stol ustiga oziq-ovqat pelyonkasi to'shaladi va ustiga hosil bo'lgan massa solinadi.
Pelyonkaga o'rab, kerakli shakl beriladi va 3-4 soatga muzlatgichga olib qo'yiladi.
6-qadam
3-4 soatdan keyin ustidagi pelyonka olinadi va shakar upasiga botirib olinadi.
Yuqoridagi masalliqlarimizdan 2 ta salyami hosil bo'ladi.
Bizning foydali maslahatlarimiz va retseplarimizni kuzatishda davom eting va telegram kanalimizga a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400 gramm pechenye | |
100 gramm qora shokolad | |
150 gramm sariyog' | |
3 osh qoshiq kakao kukuni | |
1 banka quyultirilgan sut | |
150-200 gramm yong'oq | |
ustiga sepish uchun shakar upasi |