fbpx
Shokoladli pechenyelar

Shokoladli pechenyelar

Masalliqlar:

  • Glazuriga:

Yo’nalishlar

Shokoladli pechenyelarni xush ko’ruvchilarga bugungi ajoyib retseptimizni siz azizlarga taqdim etamiz.

Bunday pechenyelarni tayyorlash umuman qiyinchilik tug’dirmaydi va bir piyola issiq choy bilan juda yaxshi iste’mol qilinadi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 17 000 so’m sarf qilinadi.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

145 gramm un
125 gramm sariyog'
80 gramm shakar upasi
20 gramm kakao kukuni
bir chimdim tuz
1 choy qoshiq vanil shakari
Glazuriga:
100-120 gramm shakar upasi
2 osh qoshiq kakao kukuni
2-3 osh qoshiq qaynoq suv
Qadam 1
Tugallandi

Xona haroratida yumshagan sariyog' ustidan vanil shakari va shakar upasini sepamiz. Aralashtirib olamiz. Ustidan tuz va tuxum oqini ham solamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Ustidan kakao kukunini sepamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ustidan unni elab solamiz va yumshoq, qo'lga yopishuvchan xamir qorib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni yelim xaltaga solamiz va 10 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

So'ng xamirni olib, kolbasasimon shaklga keltiramiz. Uni oziq-ovqat pelyonkasiga o'rab, 2 soat yoki iloji bo'lsa bir kechaga muzlatgichga olib qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tingan xamirni 1 sm qalinlikda kesib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Kesilgan xamir bo'laklarini pergament qog'oz ustidan terib chiqamiz va 180 C darajada qizigan pechda 8-10 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Glazurini tayyorlaymiz:

Shakar upasi va kakaoni aralashtirib olamiz. Quyuqroq, biroz oquvchan massa hosil bo'lguniga qadar qaynoq suv quyamiz. Aralashtirib olamiz.

Pechenyelar ustidan glazur surtib chiqamiz va yong'oqlar yoki har xil bezaklardan sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

145 gramm un
125 gramm sariyog'
80 gramm shakar upasi
20 gramm kakao kukuni
bir chimdim tuz
1 choy qoshiq vanil shakari
Glazuriga:
100-120 gramm shakar upasi
2 osh qoshiq kakao kukuni
2-3 osh qoshiq qaynoq suv
oldingi
Tayyor xamirdan qilingan olmali tart
keyingi
Qaymoqli bulyonda pishirilgan chuchvara

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.