fbpx
Shokolad – sariyog’li krem

Shokolad – sariyog’li krem

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Mazali va xushbo’y, shokolad hidiga to’yingan bunday sariyog’li kremdan har xil tort va pishiriqlar tayyorlash mumkin.

Ayniqsa bunday krem bilan shokoladli biskvit tayyorlanilsa, ta’mi juda ham ajoyib chiqadi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 17 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

150 gramm yumshatilgan sariyog'
70 gramm shakar upasi
60 gramm quyultirilgan sut
15 gramm kakao
1 ta o'ramcha vanil shakari
1 choy qoshiq konyak
Qadam 1
Tugallandi

Sariyog' va quyultirilgan sutni vaqtliroq sovutgichdan olib, xona haroratida yumshatamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Yumshagan sariyog' ustidan shakar upasi, kakao va vanil shakarini elab solamiz va mikserda to'xtamasdan 5-6 daqiqa ko'pirtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Oz-ozdan quyultirilgan sut solib, yaxshilab ko'pirtirib olamiz. Agarda siz konyakdan ham solmoqchi bo'lsangiz, unda uni eng oxirida soling.

Qadam 4
Tugallandi

Tayyor krem yengil, silliq va yaltiroq ko'rinish aks etadi. Bu kremni oldindan tayyorlab, ko'p saqlab bo'lmaydi. Shu sabab ham uni tortni yig'ishdan yarim soat oldin tayyorlash tavsiya etiladi. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

150 gramm yumshatilgan sariyog'
70 gramm shakar upasi
60 gramm quyultirilgan sut
15 gramm kakao
1 ta o'ramcha vanil shakari
1 choy qoshiq konyak
oldingi
Sariyog’ – shokoladli krem bilan tayyorlangan shokoladli tort
keyingi
Videoretsept: glyutensiz krekerlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.